Muzaffar Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzaffar Ali (16-asr) - miniatyurachi musavvir, Hirot miniatyura maktabinmng namoyandasi. Kamoliddin Behzodnij jiyani. Hirotda, keyinchalik Tabriz, Isfahonda yashab ijod etgan. Behzod anʼanalarini davom ettirgan, koʻplab shogirdlar tayyorlagan.

Nizomiyning "Hamsa" (1539—43, Britaniya muzeyida), Firdavsiyning "Shohnoma" (1537, Parijdagi Rotshild majmuasida) asarlari va boshqa qoʻlyozmalarni, Isfahondagi "Chihil sutun" qasrini naqsh va tasvirlar bilan badiiy bezagan.[1]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil