Mutallib Abbosov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mutallib Abbosov (1924 – Namangan – 1982) – teatr rassomi, O‘zbkistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1967). Toshkent badiiy o‘quv ishlab chiqarish kombinatida tahsil ko‘rgan (1939–41). 1941 yildan Namangan teatrida rassom, bosh rassom. Dastlab etnografik aniqlik yaratish yo‘lidan borgan Abbosov ijodida badiiy obrazlilik asosiy tamoyilga aylanadi, uning har bir spektakli o‘ziga xos badiiy yechimi bilan ajralib turadi. "Nurxon", "Otello" (1954), "Gang daryo-sining qizi" (1956), "Ravshan va Zulxumor", "Qirol Lir" (1959) va boshqa 60–70-yillarda "Sarvqomat dilbarim", "Guli siyoh", "Navoiy Astrobodda", "Layli va Majnun", "Halima", "Mashrab", "Yusuf va Zulayho" kabi spektakllarga sahna bezaklari yaratdi. Abbosov rangtasvir, mahobatli haykaltaroshlik ("Motamsaro ona" haykali, Namanganda) sohasida ham ijod qilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil