Kontent qismiga oʻtish

Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik
Muallif(lar) Adeeb Khalid
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Qismlar Comparative Studies on Muslim Societies
Janr(lar)i Tarix
Nashr etilgan sanasi 1998
Nashriyot University of California Press
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2024-yilda nashr etilishi kutilyapti
Sahifalar soni 400
ISBN 978-0520213555
Veb-sayt Kitob veb sahifasi

Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik“ (inglizcha: The Politics of Muslim Cultural Reform) — 1998-yil tarixchi olim Adeeb Khalidning Kaliforniya universiteti nashriyoti — „University of California Press“ tomonidan nashr etilgan asari. Asar musulmon xalqlarni qiyosiy tadqiq etgan holda olib borilgan keng tadqiqot turkumining bir parchasidir[1].

XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida inqilobiy yangilanish harakati Islom dunyosining turli hududlariga yoyildi. Odatda bu harakatga Yevropa va Rus mustamlakachiligining taʼsiri borligi aytiladi. Asar Adeeb Khalidning 1860—1920-yillar mobaynida, yaʼni Chor Rossiyasi mustamlakasi davrida Markaziy Osiyo va Turkiston oʻlkasi hamda uning markazi sanalgan Toshkent hududida Jadidchilik harakati rivoji toʻgʻrisida avval foydalanilmagan adabiy manbalar asosida hamda Oʻzbekiston, Rossiya, Britaniya va Fransiya arxiv materiallariga tayangan holda tayyorlangani bilan ahamiyatli[2][3].

Asar tarix sohasida mutaxassis boʻlmagan oʻquvchilar uchun XIX va XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoning madaniy va ijtimoiy tarixi bilan tanishtirish xususiyatlariga ega. Mutaxassislar uchun esa bu tadqiqot Oʻrta Osiyoda millatparvarlik gʻoyasining ildizi va rivojlanishi haqidagi tasavvurini kengaytirishga imkon beradi. Xususan, asarda jadidchilikning musulmon dunyosidagi ilmiy bahslarning yanada keng quloch yoyilishiga turtki boʻlgani, Oʻrta Osiyodagi madaniy-intellektual rivojlanishni Usmoniylar imperiyasi, Eron, shuningdek, arab dunyosi va Janubiy Osiyodagi vaziyatga oʻxshash jarayonlarni boshidan oʻtkazgani taʼkidlangan[4][5].

Muallif Yevropa mustamlakachiligining musulmon dunyosidagi jadidchilik harakatiga oʻtkazgan taʼsirini tadqiq qilgan. U Oʻrta Osiyoni Rossiya imperiyasining chekka hududi, Musulmon dunyosining esa markazi sifatida koʻrsatgan. Shuningdek, muallif Turkiston dunyoning bir parchasi ekanligini taʼkidlab, bu hududning ahamiyati yuqori ekaniga urgʻu bergan.

Rossiya imperiyasining turli mustamlakalarida yashovchi musulmon xalqlari orasida, xususan, Qrim va Volga tatarlari orasida bir-biriga oʻxshab ketuvchi harakat vujudga kelgan. Adeeb Khalidning tadqiqoti Oʻrta Osiyo jadidchiligining oʻzgacha jihatlarini ochib berish bilan birga, boshqa harakatlar bilan qay tarzda aloqa oʻrnatganini ham tadqiq qilgan[6].

Asar yozuvchining shaxsiy fikrlari, tadqiqotning maqsadi va oʻquvchini tadqiqot vositalari bilan tanishtirib beruvchi kirish soʻzi bilan boshlanadi. Muallif Oʻrta Osiyodagi avloddan avlodga oʻtib kelayotgan islomiy taʼlim haqida qisqacha maʼlumot berib, Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishi mahalliy aholining ijtimoiy va anʼanaviy hayot tarziga qanday taʼsir oʻtkazgani borasida qarashlarini ifoda etadi.

Asar jadidlarning harakati bilan bogʻliq bildirilgan fikr va kelingan xulosalarga oid soʻngsoʻz bilan tugaydi[2][3][5].

Bu tadqiqot Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan Turkiston aholisining hayot tarzi qay tarzda oʻzgargani bilan bogʻliq fikr mulohazalarning oʻrtaga tashlagan tadqiqotlardan biridir[7].

— Muriel Atkin, George Washington universiteti

Agar bu kitobni tanqid qilish kerak boʻlsa, markaziy osiyolik reformachilar barcha yoʻnalishlar-u jabhalar choʻqqisiga aynan islom davrida chiqqan degan qarashga qarshi boʻlgan boʻlardi[2].

— Shirin Akiner, London universiteti

Boshqa olimlar ham jadidchilik harakatini tadqiq qilgan, ammo hech kim bu tadqiqotga Adeeb Khalid kabi ilmiy va ijtimoiy tarix nuqtai nazardan keng yondashmagan.

Oʻzbek tiliga tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar tarjimasi „Yoshlar uchun ming kitob“ loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirildi. Kitobning mualliflik huquqlari sotib olinar ekan, asar muallifi Adeeb Khalid unda foydalanilgan iqtiboslarning oʻzbek va rus tilidagi asl matnlari bilan birga taqdim etishini maʼlum qilgan.