Musnad at-Tayolisiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Musnad at-Tayolisiy
Muallif(lar) Abu Dovud Tayolisiy
Til arabcha
Janr(lar)i Hadis toʻplami


Musnad at-Tayolisiy” yoki “Musnad Abu Dovud at-Tayolisiy” (arab. مسند أبي داود الطيالسي) eng qadimgi hadis kitoblaridan biri boʻlib, Imom Abu Dovud Tayolisiy (750/751 – 819/820) tarafidan tuzilgan[1].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobda deyarli uch ming (3000) hadis mavjud. U eng qadimgi yozma musnadlardan biri (toʻliq isnodli hadis kitobi) sanaladi. Asar hijriy ikkinchi asrga oid boʻlib, eng ishonchli hadis toʻplamlari - “Sahihayn” (Sahih al-Buxoriy va Sahihi Muslim)dan oldin yozilgan. Musnad (مسند) kitoblari roviylar (sahobalar) tasnifiga asoslangan hadis toʻplamlaridir. Bu toʻplam toʻgʻridan-toʻgʻri Tayolisiyning ishi emas, balki uning shogirdi Yunus ibn Habib ustozi unga yetkazgan rivoyatlar asosida yaratilgan asar boʻlishi mumkin[2].

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob dunyoning koʻplab mamlakatlarida nashr etilgan. Bulardan biri:

• “Musnad Abi Dovud at-Tayolisiy”. AbeBooks tomonidan nashr qilingan, Buyuk Britaniya[3][4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abu Dawood Al-Tayalisi“. www.arabnews.com. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
  2. „Musnad Abi Dawud at-Tayalissi - harakat“. www.abc.se. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
  3. Musnad Abi Dawud al-Tayalisi, 1999. ISBN 9789772561971. 30-aprel 2019-yilda qaraldi. 
  4. Musnad Abi Dawud al-Tayalisi, 1999. ISBN 978-9772561971. 
  5. Manhaj al-Imam Abi Daud al-Tiyalisi fi musnadihi : dirasah tahliliyah naqdiyah.. OCLC 957321947. 

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]