Murod Muhammedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Murod Muhammedovich Muhammedov
Tavalludi 21-oktyabr 1949-yil (1949-10-21) (74 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi
Sohasi iqtisodiyot
Taʼlimi Samarqand Kooperativ instituti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Murod Muhammedovich Muhammedov (1949-yil 21-oktyabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (1992), professor (1996).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murod Muhammedov 1949-yil 21-oktyabr Samarqad shahrida tugʻilgan[1]. 1967—1971-yillarda Samarqand Kooperativ institutida tahsil olgan. Murod Muhammedov Samarqand Kooperativ instituti partiya tashkilotining kotibi (1989—1991), kafedra mudiri (1985—1986; 2005—2007; 2008—2012), institutning imiy ishlar boʻyicha prorektori (1992—1993), ilmiy va oʻquv ishlari boʻyicha prorektori (1993—1994), institut rektori (1994—1998), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi mintaqaviy kompleks tadqiqotlar instituti ijtimoiy fanlar boʻlimining mudiri (1998—2005), institut integratsiya va innovatsiya markazining direktori (2007—2008) lavozimida ishlagan[1]. Hozirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Iqtisodiyot nazariyasi“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murod Muhammedov 1975—1978-yillarda Ukrainaning Lvov shahridagi Savdo-iqtisod instituti aspiranturasida, 1989—1992-yillarda Moskva kooperativ instituti doktoranturasida oʻqigan. 1979-yilda Kiyevda nomzodlik, 1992-yilda Moskvada doktorlik dissertasisiyani himoya qilgan. 1992-yilda iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darjasini, 1996-yilda professor ilmiy unvonini olgan[2]. Bir qancha darsliklar, jumladan, „Iqtisodiyot nazariyasi“ (oʻzb va rus tillarida), „Mikroiqtisodiyot-2“, „Oʻzbekistonning mehnat bozori: bandlik va ishsizlikning mintaqaviy muammolari“, „Yoshlar mehnat bozorida“, „Qishloqda ish bilan taʼminlash: muammolar va yechimlar“, „Agrar islohotlar va aholini ish bilan taʼminlash“, „Qishloq xoʻjaligi: daromadlar va moddiy ragʻbatlantirish“, „Xizmat koʻrsatish sohasi va turizmni rivojlantirishning nazariy asoslari“, „Norasmiy bandlik: sabablari, oqibatlari va kamaytirish yoʻllari“, „Oʻzbekiston iqtisodiyotining tarixi: Amir Temur davridan to hozirgi kunga qadar“ (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) kitoblari hamda 500 ga yaqin maqolalar muallifi[1][2][3].

Mukofolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi“ medali (1970);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni (2016)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:OʻTOE