Muqatta’ madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Muqattaʼ madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mirzo Ulugʻbek
Homiylar Mirzo Ulugʻbek
Binokorlik XV asr—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Muqattaʼ madrasasi — Samarqand madrasasi. Muqattaʼ madrasasi XV asrda Temuriylar sulolasi hukmdori Mirzo Ulugʻbek tomonidan bunyod etilgan. Ushbu madrasa Mirzo Ulugʻbek tomonidan qurilgan 6 madrasadir. Mazkur dargoh Muqattaʼ masjidi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Mutbiriy asarida ushbu masjidda talabalar tahsil olgani toʻgʻrisida maʼlumot mavjud. Uning oʻzi ham ushbu madrasada tahsil olgan. Muqattaʼ masjidi hujralarida badaxshonlik Nazriy ismli mudarris talabalarga dars oʻtgan. Nastaʼliq husni xatida zamonasining eng mohir ustalaridan biri boʻlgan. Mutribiy oʻzining asarida nazriy toʻgʻrisida shunday maʼlumot berib oʻtgan: „Samarqand shahridagi Abu Saʼidxon madrasasida bir hujrasi bor edi, unda istiqomat qilardi. Muqattaʼ masjididagi oraliq darslar unga taalluqli edi. Hamisha ilm dasturxonini bilim oʻrganuvchilar oldida yozib qoʻyib, toliblarni maqsadiga yetqazardi“. Ushbu inshoot toʻgʻrisida Zahiriddin Muhammad Bobur „Boburnoma“ asarida Mirzo Ulugʻbek bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida soʻz yuritib: „Madrasaning janubida bir madrasa solibtur. Masjidi Muqattaʼ derlar. Bu jihattin „muqattaʼ“ derlarkim, qitʼa-qitʼa yigʻachlarini tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibturlar. Tamom devorlari va sakfi ushbu yoʻsunluqtur. Bu masjidning qiblasi bila madrasa qiblasining orasida bisyor tafovuttur. Gʻolibo, bu masjid qiblasining samti munajjim tariqa bila amal qilibturlar“. Mazkur madrasa „Ikki toq“ (Bayni toqayn) tomonda boʻlib, shaharning eng gavjum bozorlaridan biri boʻlgan[1]. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[2].


Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqattaʼ madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.