Muqaddas havoriylar Konstantin va Yelena cherkovi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muqaddas havoriylar Konstantin va Yelena cherkovi
Eski nomlari Qoʻqon harbiy qoʻmondonligi boshqarmasi huzuridagi cherkov
Mahalliy harbiylar cherkovi
Umumiy maʼlumot
Maqomi cherkov
Joylashuvi Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri
Manzili Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri Istiqlol koʻchasi 2-uy
Shahar Qoʻqon shahri
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1971-yil
Qurilishi tugagan 1976-yil
Buzilgan sana 1929-yil
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Mir Ubaydullo
Muqaddas havoriylar Konstantin va Yelena cherkovi

Muqaddas havoriylar Konstantin va Yelena cherkovi — Oʻzbekiston Respublikasining Qoʻqon shahrida joylashgan rus pravoslav cherkovining Markaziy Osiyo metropolit okrugi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasining hozirgi kunda faoliyat koʻrsatmayotgan, buzib tashlangan pravoslav cherkovi[1]. Patronlik bayrami 21-may kuni nishonlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy harbiy cherkov shahar markazida Oʻrda deb nomlangan hududda joylashgan boʻlib, oʻziga xos tarixga ega. Dastlab bunday cherkov Xudoyorxon saroyida joylashgan boʻlib, keyinchalik esa cherkov uchun alohida yangi bino qurilgan.

Qo‘qonning SSSR tomonidan qoʻlga kiritilishi bilan shaharning rus pravoslav aholisi oʻzlarining xristanlik marosimlarini amalga oshirsh uchun turli manzillarda to‘plana boshlaydi. Fargʻona viloyati qoʻshinlari qoʻmondoni general Mixail Skobelev buyrugʻi bilan cherkov uchun xon saroyining taxt oʻrnatilgan xonasi ajratiladi. Uning qurilishi boʻyicha esa turli hududlardan eng yaxshi oʻymakor va ikonostaz ustalari taklif qilinadi.

1875-yildan 1876-yilgacha hukumat saroyidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda yangi binoning qurilish ishlari olib boriladi. Shunday qilib, Turkiston maʼnaviyat kengashining 1876-yil 12-sentyabrdagi 255-son qaroriga ko‘ra Qo‘qondagi vaqtinchalik cherkov 1876-yil 23-dekabrda ruhoniy Pobedonostsev tomonidan muqaddaslashtiriladi.

1929-yilgacha cherkovda faqatgina ilohiy marosimlar oʻtkazilgan. Cherkov oʻz ichiga 100 nafar insonni sigʻdira olgan. Shuningdek, binoda qimmatbaho ikonostaz buyumlar va turli idishlari ham mavjud boʻlgan.

1900-yilgacha cherkov va ruhoniylar Turkiston yeparxiyasi boshqarmasi tasarrufida boʻlgan (keyinchalik tugatilgan). Oʻsha paytda bino Qoʻqon harbiy qoʻmondonligi boshqarmasi huzuridagi cherkov, 1912-yildan mahalliy harbiylar cherkovi, 1922-yildan esa muqaddas havoriylar Konstantin va Yelena cherkovi deb atalgan. Shuningdek, davlat topshirigʻi bilan cherkovga bitta ruhoniy tayin etilgan[2].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Rossiya Turkistonining shahar va qishloqlariga sayohatlar“ fotosurati va tavsifi bilan buklet. Qishloq va shaharlar — Voskresenskoye, Blagoveshchenskoye, Bogoroditskoye, Russkoye, Spasskoye, Chinazskoye, Yangiyoʻlskoye va boshqalar tekshirildi va suratga olindi, jami 100 ga yaqin fotosuratlar va 54 matn. Sankt-Peterburg, 1900 yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Коканд. Домовая церковь Константина и Елены при бывшем Управлении Кокандского воинского начальника.“.
  2. „Храм Святых Равноапостольных Константина и Елены (Коканд)“.