Munozara:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tanqidi[tahrir]

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida bir qator kamchiliklarni kuzatish mumkin. Masalan, ensiklopediya 2000-2005-yillarda nashr qilingan boʻlsa ham, baʼzi maqolalarda eski maʼlumot berilgan. Tabiiy fanlarga oid mavzular koʻp hollarda hech bir oʻzgartirishsiz Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan. Bunday maqolalarda shu sohalarda erishilgan yirik kashfiyotlar haqida soʻz yuritilmagan.

OʻzMEning yana bir koʻzga tashlanadigan jihati unda prezident Islom Karimov va uning hukumati noxolis tasvirlangan. Ensiklopediyada yana inson huquqlari va siyosiy tartibsizliklar bilan bogʻliq mavzular haqida imkon boricha soʻz yuritilmagan. Masalan, ensiklopediyada Oʻsh teatri haqida maqola bor, ammo Oʻsh voqeasi haqida yoʻq. Bu milliy nizo haqida Oʻsh shahri haqidagi maqolada ham hech nima deyilmagan.

Shu kabi kamchiliklar koʻrsatilgan manba topish kerak. Ammo bu oson boʻlmaydi, sababi oʻzbekcha manbalar OʻzME ni faqat koʻklarga koʻtarib yozadi. Chet elliklar fikr bildiray desa oʻzbekchani bilmaydi. Shu sabab yuqorida aytilgan kamchiliklar original researchga oʻxshasa ham maqolaga qoʻshishni taklif qilaman. Bunga qanday qaraysizlar? Nataev munozara 11:17, 12 fevral 2014 (UTC)

{{Manbasiz boʻlim}} kabi andoza bilan qoʻshish mumkin. Abdulla munozara 11:25, 12 fevral 2014 (UTC)
Balkim manba topilib qoladi. Hozircha qoʻshmay tursak ham boʻladi menimcha. Nataev munozara 05:44, 17 fevral 2014 (UTC)

Русский[tahrir]

Есть версии энциклопедии на русском? Энциклопедия на узбекском на кириллице или латинице?--Kaiyr (munozara) 17:07, 31-Oktabr 2014 (UTC)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Loyiha_munozarasi:O%CA%BBzME#.D0.A0.D1.83.D1.81.D1.81.D0.BA.D0.B8.D0.B9 --Xusinboy Bekchanov (munozara) 17:17, 1-Noyabr 2014 (UTC).