Munozara:Jirjis

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

JIRJIS — musulmon rivoyatlarida zikr etilgan shaxs. Allohga eʼtiqod qiluvchi falastinlik taqvodor, Iso (as) havoriylaridan birining shogirdi. Jirjis eʼtiqodi yo‘lida zolimlardan panoh izlab Iroqqa, zolim, butparast Mosul podshosi huzuriga keladi. Podsho uni eʼtiqodidan qaytarish uchun turli azoblarga soladi, lekin Jirjis ularga osonlikcha bardosh beradi. Shunda uni qayta-qayta qatl qiladilar, lekin har bir qatldan so‘ng Alloh uni tiriltirgan. Jirjis uchun Alloh yana boshqa moʻjizalarni ham namoyish etadi — kambag‘al bechora kampirning o‘lgan ho‘kizlarini tiriltiradi, o‘liklarni qabrdan turg‘izadi, yog‘och kursilarni daraxtga aylantiradi va boshqa Pirovardida Alloh mal’un podsho va uning shahrini yo‘q qilib tashlaydi. Jirjis haqidagi rivoyatlar xristianlikdagi avliyo Georgiy haqidagi rivoyatlar bilan hamohangdir. Musulmonlarda u Hizr va Ilyos nomlari bilan birga keladi.

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI © „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004