Munozara:Hillary Clinton

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Nima uchun sahifaning nomi Hillary Clinton? eng kamida C ni K ga o`zgartirish kerak! "C" Bunday harf o`zbek tilining alifbosida yo`q. — Bu xabarni Kinjobek (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Salom. mana bu qoidaga qarang -- Amir.Temur (munozara) 09:33, 12 fevral 2013 (UTC)

Salom. Qoidani yana bir marta o`qidim. Siz yo`naltirmoqchi bo`lgan maqsadni menimcha, tushundim. Lekin u yerda avvalo yozilgan qoidani umumiy qabul qilish kerak, ya`ni nomlarni imkon qadar o`zbek tilida yozish... Bu ismlarga ham taaluqli bo`lishi maqsadga muvofiq deb bilaman... Agar lozim deb bilinsa, bu qoidaga shu maqsadda o`zgartirish keritilishi va bu o`zgarishlar yangi yoziladigan maqolalarda qo`llanilishi mumkin bo`lar edi... Maqsad: eng kamida maqola nomlarini o`z alifbomizda yozish...— Bu xabarni Kinjobek (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi 05:27, 13 fevral 2013 (UTC)

Lotin yozuvida yoziladigan deyarli barcha tillar asl ismlarni ishlatishga harakat qiladi, masalan, Ulugʻbek Baqoyev (olmonlarda bormi?), Saxob Joʻrayev (polaklarda ham yoʻq), Shuhrat Abbosov (Shukhrat Abbasoff emas) va hk. Qolaversa inglizchada Ş yoʻq, lekin baribir Elif Şafak yozishadi, ism oʻzgartirishmaydi. Atoqli otlar, ismlar yuridik belgidir, birorta harfi oʻzgarsa yuridik kuchini yoʻqotishi mumkin (Ribok nomli shirkat hujjatlari bilan Reebok nomidan ish qilinmaydi; Hamraev sharifli pasport bilan Hamrayev nomiga chiqqan lotereya yutugʻi olinmaydi). Abdulla munozara 07:15, 13 fevral 2013 (UTC)

Tushunarli. Faqat bir e'tirozim bor agar alifbo lotin alifbosiga asoslanmagan bo`lsachi, bu holda nima qilinadi, masalan, rus tili va uning kiril alifbosi. Yoki davlatlar va shaharlar nomi ham atoqli ot bo`lsa, ularning nomi nima sababdan boshqa tillarda o`zlashib keladi. Masalan O`zbekiston - Uzbekistan; Toshkent - Tashkent va h.k.z