Munozara:Ferrari Monza SP

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ferrari Monza SP maqolasi xushsifat maqola statusiga nomzod boʻlgan. Bu maqolaga xushsifat maqola statusini berish boʻyicha ovoz berish 2023-yil 8-avgust sanasida yakunlanib, oxirida jamoa qaroriga binoan status berilgan.
Ferrari Monza SP maqolasi xushsifat maqola statusidan mahrum qilinishga nomzod boʻlgan. Bu maqolani xushsifat maqola statusidan mahrum qilish boʻyicha ovoz berish 2023-yil 3-oktyabr sanasida yakunlanib, oxirida jamoa qaroriga binoan status bekor qilingan.

Statusdan mahrum qilish[manbasini tahrirlash]

"The engine has been tuned to generate ... 719 N⋅m (530 lbf⋅ft) of torque at 7,000 rpm" degani "dvigatel daqiqasiga 7,000 aylanishda 719 N⋅m (530 lbf⋅ft) kuch momentini/aylantiruvchi momentni chiqaradigan qilib oʻzgartirilgan" degani. Maqolada esa "719 N·m (530 lbf·ft) da aylanish momenti 7000 ta aylanish tezligiga ega boʻladi" deyilgan. Yaʼni, avtomat tarjima.

Yana bir gapni olaylik: " 2019-yilda har bir avtomashina narxi 2 million dollardan boʻlgan, jami 499 dona SP1 va SP2 modellarini sotuvga chiqarishni rejalashtirgan." Mashina narxi gapning egasi boʻladigan boʻlsa, sotuvga chiqarishni aynan narxning oʻzi rejalashtirgan boʻladimi? Xullas, maqola statusga loyiq emas. Boshqa xatolar ham koʻp. Nataev munozara 16:43, 15-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum Nataev. Keltirilgan fikrlaringiz uchun minnatdorman. Terminologiyaga aloqador so'zlarni tajribasizligim sabab xato tarjima qilib o'tganimni tushundim. Maqolani siz aytgan darajada tuzatib chiqishga harakat qildim. Siz aytib o'tgan kuch momenti qismi ya'ni Nyuton*metr birligini energiya sifatida belgilashni maqul ko'rdim. O'ylashimcha shu holati o'quvchiga tushunarliroq bo'ladi. 1-o'rinda aytgan gapingizda esa kelishiklarning xato qo'llanilishi sabab gap egasi o'zgarib ketganligini tushundim va uni ham tuzatdim. Hozir ham maqolani to'liq ko'rib chiqmoqdaman. Garchi maqolani yaratishda avtomat tarjimondan foydalangan bo'lsam ham uni o'zbekchalashtirib chiqishga harakat qilganman va ayrim ma'lumotlarni qo'shimcha boshqa saytlardan va enwikidan boshqa vikipediyalardan ham olganman. Shunga ko'ra qaror chiqarishingizni so'ragan bo'lar edim. Komrontoy (munozara) 04:45, 19-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Yaxshi, lekin maqolada gʻaliz gaplar baribir qolgan. Masalan, "tezligi 0 dan 0–97 km/h" xato, chunki "0 dan" degandan keyin yana bir marta 0 yozish shart emas. Bundan tashqari, sababsiz bir-biriga ulangan gaplar koʻp ("bu liniya klassik Ferrari modellaridan ilhomlangan holda ishlab chiqarilgan, modellarning barchasi cheklangan miqdorda savdoga chiqarilgan"; "Ikkala mashina ham kichik qaychisimon eshiklar bilan jihozlangan va old oynalari yoʻq, buning oʻrniga Ferrari „Virtual old oyna“ deb nomlangan tizimni taqdim etadi, bu tizim qarshidan kelayotgan havo oqimini haydovchidan uzoqlashtirish imkoniyatiga ega."). Bu run-on sentence deyiladi. "Ferrari Monza SP1 va SP2 Ferrari 812 Superfast modeli bilan bir xil mexanika asosida qurilgan" gapini olaylik. "Bir xil mexanika asosida qurilgan?" nima degani? Xullas, qisqagina maqolada kamchilik koʻp. Har bir gap tushunarli, kamol boʻlganidan keyin qayta nomzod qilsangiz boʻladi. Hozir esa statusdan mahrum qilaman. Nataev munozara 01:33, 3-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman. Malikxan munozara 16:34, 16-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  17:14, 18-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Natija[manbasini tahrirlash]

 Bajarildi. Tuzatilganidan keyin bemalol qayta nomzod qilib koʻrsatilishi mumkin. Nataev munozara 01:34, 3-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]