Ferrari Monza SP

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ferrari Monza SP1
Ferrari Monza SP2

Ferrari Monza SP1 Parij avtosalonida (2018-yil)
Tashqi koʻrinishi
Ishlab chiqaruvchisi Ferrari N.V.
Ishlab chiqarish 2019—2022[1]
Model yili 2019—2022 [2]
Assambleya Maranello, Italiya
Dizayneri Flavio Manzoni boshchiligidagi Ferrari uslublar markazi
Korpus va shassi
Avtomobil tasnifi Sport avtomobili (S)
Avtomobil korpusi tuzilishi 2 eshikli speedster
Avtomobil tartibi Old dvigatelga ega, orqa gʻildirakli
Bogʻliqligi Ferrari 812 Superfast
Quvvat oʻtkazgich
Dvigateli 6.5 L F140 GC V12
Quvvati 596 kW (799 ok; 810 PS)
Harakat uzatish mexanikasi 7 pogʻonali ikki muftali
Oʻlchamlari
Gʻildiraklari 2,720 mm (107 in)
Uzunligi 4,657 mm (183 in)
Kengligi 1,996 mm (79 in)
Balandligi 1,155 mm (45 in)
Kerb
  • SP1: 1,500 kg (3,307 lb)
  • SP2: 1,520 kg (3,351 lb)

Ferrari Monza SP1 va SP2 modellari — Italiyaning Ferrari kompaniyasi tomonidan 2018—2019-yillarda taqdim etilgan, cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan sport avtomobillari. Avtomobillar „Icona“ seriyasi deb ataladigan yangi modellar liniyasining boshlanishi boʻlib, bu liniya klassik Ferrari modellaridan ilhomlangan holda ishlab chiqarilgan, modellarning barchasi cheklangan miqdorda savdoga chiqarilgan. Monza SP1 va SP2 modellari yangi avlodning birinchi avtomobillari boʻlib, ularning dizayni 750 Monza, 250 Testarossa va 166 MM modellaridan ilhomlangan holda yaratilgan[3][4]. Ferrari Monza SP1 va SP2 modellarining mexanikasi Ferrari 812 Superfast modeli bilan bir asosda qurilgan. Ferrari Monza ikkita variantda ishlab chiqilgan boʻlib, bular SP1 va SP2 modellaridir. SP1 bir oʻrindiqli, SP2 esa ikki oʻrindiqli qilib ishlab chiqilgan yaʼni birinchi variant modeli bir kishilik kabinaga egaligi bilan ajralib tursa[5], ikkinchi modelda ikkita yonma-yon oʻrindiqlar joylashtirilgan. Shuningdek, mazkur model yuqoriga koʻtarilib ochiluvchi juft eshiklar bilan jihozlangan[6].

Avvaliga ushbu modeldan 499 dona ishlab chiqarilishi kutilgan, narxi esa 1,58 million yevro atrofida boʻlishi maʼlum qilingan[7].

2019-yil yanvar oyida Ferrari Monza SP2 „Festival automobile international“ ning 34-chi sonida „2018-yilning eng chiroyli superkari“ deb eʼlon qilingan[8][9].

2020-yilda Ferrari Styling Center Monza SP1 modeli uchun „Compasso d’Oro“ sanoat dizayni mukofotiga sazovor boʻldi[10]. Mukofot Flavio Manzo va Jane Reeve tomonidan qabul qilib olingan[11][12].

Texnik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ferrari Monza SP1

Dvigatel[tahrir | manbasini tahrirlash]

SP1 ham, SP2 modeli ham tabiiy aspiratsiyalangan 6,496 cc (6.5 L; 396.4 cu in) hajmli dvigatel varianti bilan ishlaydi. F140 GA tipidagi V12 dvigateli 812 Superfast modelida ham qoʻllanilgan. Dvigatel 7.4 kW (10 ok; 10 PS) quvvat bilan ishlashga moslangan boʻlib, u dvigatelning 812 modelidan koʻra koʻproq quvvatda ishlaydi. U jami 8500 aylanish tezligida 596 kW (799 ok; 810 PS) quvvat va dvigatelning daqiqasiga 7,000 aylanish tezligida 719 N·m (530 lbf·ft) energiya ishlab chiqaradigan qilib oʻzgartirilgan. Bu korxonaning eng kuchli modeli Ferrari V12 yoʻl avtomobillari tarkibida qoʻllanilgan boʻlib, bu 2021-yilda 812 Competizione va Competizione A chiqarilgunga qadar ishlab chiqarilgan. Keyingi yillardan esa 820 ok (830 PS) li quvvatga ega F140 tipidagi V12 motoridan foydalanilgan[13][14].

Shassi[tahrir | manbasini tahrirlash]

SP1 va SP2 avtomobillari uglerod tolali kompozit kuzovga ega boʻlib, shassisi asosan 812 modeliga asoslangan. SP1 ning ogʻirligi 1,500 kg (3,306 lb) ga teng, ikki oʻrindiqli SP2 esa 1,520 kg (3,351 lb) dan ogʻirroqdir[15].

Ishlash prinsipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqaruvchilarning taʼkidlashicha, ikkala mashinaning ishlash koʻrsatkichlari quyidagicha, jumladan, tezligi 0 dan 0–97 km/h (0–60 mph) ga chiqishi uchun 2,9 soniya kerak, maksimal tezligi 299 km/h (186 mph) dan oshadi. Ferrari Monza SP1 va SP2 Ferrari 812 Superfast modeli bilan bir xil mexanika asosida qurilgan[16].

Variantlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ferrari Monza ikkita variantda ishlab chiqilgan boʻlib, bular SP1 va SP2 modellaridir. Birinchi variant modeli bir kishilik kabinaga egaligi bilan ajralib tursa[5], ikkinchi modelda oʻrindiqlar soni ikkita. Mazkur modelda ikkita eshik boʻlib, ular tepaga koʻtarilib ochiladi[6].

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

SP1 va SP2 modellari Ferrari kompaniyasining avvalgi 166 MM, shuningdek, 250 Testarossa va 750 Monza kabi Ikkinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqarilgan poyga avtomobillaridan ilhomlangan holda yaratilgan[17].

Barcha mashinalar Maranellodagi Carrozzeria Zanasi zavodida boʻyaladi. SP1 bitta oʻrindiqli boʻlib, haydovchining oʻrni avtomobilning bir tomonida joylashgan boʻladi, SP2 esa markaziy qism bilan ajratilgan ikkita oʻrindiqqa ega. Ikkala mashina ham kichik qaychisimon eshiklar bilan jihozlangan va old oynalari yoʻq, buning oʻrniga Ferrari „Virtual old oyna“ deb nomlangan tizimni taqdim etadi, bu tizim qarshidan kelayotgan havo oqimini haydovchidan uzoqlashtirish imkoniyatiga ega. 2019-yil yanvar oyida Ferrari Monza SP2 34-chi „Festival automobile international“ da qatnashgan avtomobillar orasida „2018-yilning eng chiroyli superkari“ deb tanlandi[8][9].

2020-yilda Ferrari Styling Center Monza SP1 modeli uchun sanoat dizayni uchun beriladigan „Compasso d’Oro“ mukofotiga sazovor boʻldi[10].

Sotuv hajmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monza SP seriyasining modellari, „Icona“ liniyasi mualliflari prognozlariga koʻra maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarishga moʻljallangan hamda qatʼiy cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. 2019-yilda har bir avtomashinadan narxi 2 million dollar boʻlgan, jami 499 dona SP1 va SP2 modellarini sotuvga chiqarishni rejalashtirgan[18].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ferrari Monza SP2
Ferrari Monzaning ichki koʻrinishi
Ferrari MONZA SP1
Ferrari Monzaning eshiklari
Ferrari Monza SP1 rulining koʻrinishi
Ferrari Monza SP2 rulining koʻrinishi
Enzo Ferrari muzeyining ichki qismi, Modena, 2019-yil
Parijda oʻtkazilgan Motor shousi, 2018-yil
Ferrari Monza SP1 va SP2 modellari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gaze in awe at the very last Ferrari Monza SP1“.
  2. „Here is the Final Ferrari Monza to Ever be Built“.
  3. „Ferrari Monza SP1 e SP2 - Official Website“ (en). monza.ferrari.com. Qaraldi: 2018-yil 2-oktyabr.
  4. „Ferrari unveils Monza SP1 and SP2 speedsters in Maranello“. autocar.co.uk. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 „2021 Ferrari Monza SP1“ (en) (2022-yil 16-yanvar).
  6. 6,0 6,1 „Ferrari Monza SP2 Gordona Ramsaya wygląda olśniewająco“ (polyak) (2022-yil 16-yanvar).
  7. Gastelu, Gary. „Single-seat Ferrari Monza SP1 will cost seven figures“ (en-US). Fox News (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 Hadrien Acaldi. „La Peugeot 508 élue plus belle voiture de l'année 2018“. 'Auto News' (30 yanvar 2019). .
  9. 9,0 9,1 Communiqué de presse Ferrari. „La Ferrari Monza SP2 élue “plus belle Supercar de l’année 2018” au Festival automobile international de Paris“. 'Ferrari' (30 yanvar 2019). 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul. .
  10. 10,0 10,1 „FERRARI MONZA SP1 AND BREMBO WIN THE COMPASSO D'ORO AWARD“. autodesignmagazine.com (2020-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  11. „The Ferrari Monza SP1 wins the 2020 Compasso d'Oro“. ferrari.com. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  12. „Red Dot: Design Team of the Year 2019“ (en). Qaraldi: iyun 2019.
  13. „The Ferrari Monza SP1 Is a Wild 812-Based Speedster“ (en-US). Road & Track (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  14. „The Ferrari Monza SP1 Is a Wild 812-Based Speedster“ (en-US). Road & Track (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  15. „Ferrari Monza SP1, SP2 roadsters put 800 hp and the wind in your face“ (en). Roadshow (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  16. Stecher, Nicolas. „At the Unveiling of the 24.4 Million Ferrari Monza SP1 and SP2“ (en-US). The Drive. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  17. Malan. „Ferrari plans to launch Monza retro-styled supercar“. autonews.com (2018-yil 18-sentyabr).
  18. „Ferrari Monza SP“ (polyak) (2022-yil 16-yanvar).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]