Munozara:Asketizm wikipedia

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ASKETIZM (yun. aѕkye biror narsa b-n mashgʻul boʻlish)—zohidlik, qanoat qilib yashash, moddiy boyliklardan imkoniyati boricha kamroq foydalanish tuygʻusiga asoslangan gʻoya.

Asketizm qayerlarda shakllangan?[manbasini tahrirlash]

Uning nazariy asoslari va dastlabki koʻrinishlari Sharq, qadimgi Xitoyda, Yunoniston (Sparta davlatida) va boshqa joylarda shakllangan. Tibetda lama diniga mansub ruhoniylar, Markaziy Osiyoda tarkidunyochilik va darveshlikni targʻib qiluvchi oqimlar oʻrta asrlarda bu gʻoyaga eʼtiqod qoʻyganlar. Tasavvufda ham ushbu gʻoya tarafdorlari uchraydi.

Boshqa dinlarda asketizm tushunchasi[manbasini tahrirlash]

Xristian dinida bu dunyo rohatlaridan voz kechib, faqat toat-ibodatga berilganlarni asketlar, deb ataydilar. Bu gʻoya baʼzi hollarda boylik va mol dunyoga berilganlarga qarshi yashash va umrguzaronlik qilish tarzi sifatida ham namoyon boʻladi. Protestantizmda „bu dunyo asketizm“ tamoyili mavjud. Unga koʻra, bu dunyodagi sabr-qanoat narigi dunyoda, albatta, rohat-farogʻat bilan mukofotlanadi.

  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.