Mullakuding

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mullakuding — Namangan viloyatidagi Namangan tumanida joylashgan qishloq bo'lib tuman markazidan - 14 kilometr uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin temir yo'l bekati Oqtosh bo'lib tuman markazidan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan. Katta Toshbuloq, Xo'ja qishloq, Guldirov, Tepaqo'rg'on qishloqlari bilan chegaradosh. Aholisi 12197 kishi (2023-yil), maydoni esa 1000 gektar.

Qishloqning o'ziga xos tomonlaridan biri shuki - bu yerdagi qabristonning tarixiy ahamiyati bor. Ma'lumotlarga qaraganda, bunda Ahmad Yassaviy avlodlari dafn etilgan.

Rivoyatlarga ko'ra, bu yerda mashhur bo‘z toʻquvchi yashagan boʻlib, u toʻqilgan matolarni kudunglash — jilo berish sanʼatini ham kashf etgan.Boʻzchilar turli taraflardan kelib, matolarini mana shu ustaga tekislatib, kudunglatib ketishgan. Qishloqning nomi ham shundan kelib chiqqan deya hisoblaniladi. Isʼhoqxon Ibratning „Tarixi Fargʻona“ asarida qishloq nomi Malakdoʻng sifatida keltirilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 99 bet.