Mukarram Turgʻunboyeva koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mukarram Turgʻunboyeva koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yunusobod
Uzunligi 1.3 km
Avvalgi nomlari Jeleznovodsk koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Mukarram Turgʻunboyeva

Mukarram Turgʻunboyeva koʻchasi — Yunusobod tumanining „Yangiariq“, „Oqibat“ va „Jomiy“ mahallalari hududida. Axmad Donish va Iftixor koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,3 km atrofida.

1951-yil tashkil topgan. Dastlab Jeleznovodsk nomi bilan yuritilgan. 1979-yil 24-aprelda Oʻzbekiston xalq artisti Mukarram Turgʻunboyeva nomi berilgan[1].

Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, madaniyat uyi, dorixona, bekat va doʻkonlar joylashgan. Koʻcha yonidan t.y. oʻtgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti vositalari harakat qiladi. Yaqinida „Yunusobod-tennis“ davlat tennis klubi, „Oʻzbekiston“ davlat tennis klubi, „Universal“ sport saroyi hamda sanoat korxonalari mavjud.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.