Kontent qismiga oʻtish

Mukammal raqobat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mukammal raqobat – faoliyat koʻrsatish uchun toʻsiq mavjud boʻlmagan, barcha sotuvchilar teng sharoitda savdo qiluvchi bozor turi. Mukammal raqobat sharoitida hech bir bozor subyekti narxga taʼsir eta olmaydi deb qaraladi. Firmalarning chekli xarajati tarmoqdagi narxga teng boʻlganida, ular maksimal foyda olishadi[1]. Lekin, mukammal raqobat ayniyatlarining mavjudligi iqtisodiy subyektlar soni va ularning bozordagi ulushi bilan har doim ham bogʻliq emas [2].

Aynan mukammal raqobat sharoitida jamiyat farovonligi maksimal boʻladi deb qaraladi[3].

Model shartlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mukammal raqobat bozori. Bu yerda, MC-chekli xarajat, P-narx, MR-chekli daromad va ATC-oʻrtacha umumiy xarajatlar

Mukammal raqobat vujudga kelishi uchun bozordagi iqtisodiy agentlar xulq-atvori muhim oʻrin tutadi. Yaʼni, bozordagi sotuvchi va xaridorlarning xatti-harakati bozor tomonidan belgilangan narxga taʼsir koʻrsata olmaydi deb hisoblanishi kerak. Mukammal raqobat xususiyatlari quyidagilardan iborat[4][5]:

  • Bozorda juda koʻp ishlab chiqaruvchilar mavjudligi va bozorga kirish toʻsiqlarining yoʻqligi;
  • Barcha firmalarning bir xil tovarni sotishi;
  • Bozorda oʻrnatilgan narxga isteʼmolchi ham firma ham taʼsir koʻrsata olmasligi;
  • Bozorda ishtirok etuvchi subyektlar bozor haqida barcha maʼlumotga ega ekanliklari (simmetrik axborot).

Yuqoridagi shartlarga mos kelishi mumkin boʻlgan bozor bu – birja hisoblanadi. Yuqoridagi xususiyatlardan hech boʻlmasa bittasining mavjud emasligi bozor tuzilmasiga taʼsir oʻtkazadi. Lekin, bozorning nomukammalligi har doim ham monopollashgan xulq-atvorga olib kelmaydi. Bunga misol qilib, Bertran modelini keltirish mumkin[6].

  1. Шай 2014, s. 84.
  2. Шай 2014, s. 83.
  3. Gallant, Chris „Does Perfect Competition Exist in the Real World?“. Investopedia. Qaraldi: 10-dekabr 2023-yil.
  4. Salimov, Yusupov & Salimov 2019, s. 205.
  5. Гальперин, Игнатьев & Моргунов 1999, ss. 30–34.
  6. „Oligopolistic Competition, Bertran model.“.
  • Salimov, B. T.; Yusupov, M. S.; Salimov, B. B.. Mikroiqtisodiyot (Dаrslik). Toshkent: Iqtisodiyot, 2019 366-bet. 
  • Гальперин, В.М.; Игнатьев, С.М.; Моргунов, В.И.. Микроэкономика. Том 2, 2 (ru), СПб.: Экономическая школа, 1999 349-bet. 
  • Шай, Оз. Организация отраслевых рынков. М.: Изд.дом Высшей школы экономики, 2014. ISBN 978-5-7598-0555-7.