Ombudsman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ombudsman (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. O. nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — O.; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shahrik. O. turli yullar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga sayla-nadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro O.ga bevosita murojaat qilishga haklidir. O. kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniklab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga kursatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular O.ning taklifidan bosh tortsa, O. sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. O. fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʻz senator yoki de-putatlari orqali murojaat qiladilar. Dunyoda 1-marta O. lavozimi 1709-yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. O. institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi O. va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. Klassik tipdagi O. har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik O. katarkta Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va shahrik. koʻpgina mamlakatlar O.lari kiradi. Oʻzbekiston O.i ham klassik O. hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. huquklari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish xuqukiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar O.lari.

O.ning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. O.lar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasida O. faoliyatining huquqiy asoslari „Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1997-yil 24-aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga koʻra, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxe boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasi da davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. Vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi ning Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sattorov A., Ombudsman — huquq himoyachisi, T., 2000.
  • Akmal Saidov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.