Muhriddin Mansurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Muhriddin Mansurov
Tavalludi sanasi 6-avgust 1914-yil
Tavallud joyi Namangan viloyati
Vafot sanasi 7-yanvar 1988-yil
Vafot joyi Namagan shahri
Kasbi aktyor

Mansurov Muhriddin (1914.6.8, Namangan viloyati — 1988.7.1, Namangan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1957). 1942 yildan Namangan teatrida ishlagan. "Maysaraning ishi" spektaklidagi Choʻponali M.ning sahnadagi ilk obrazidir. M. sanʼ-ati milliy xususi-yatlarga boyligi va oʻziga xosligi bilan bir qatorda yorqin dramatik aktyor hamdir. Ijodiga dramatik va fojiaviy rollar yaqin boʻlib, asosan, qahramonona, jasoratlarga qodir, irodali mard kishilar obrazini yaratgan. Tabiatan kuchli, jarangdor (dramatik tenor) ovozga ega boʻlgan M., ayniqsa, musiqali spektakllarda katta muvaffaqiyat qozongan. Haydar (Komil Yashin; T. Jalilov, "Nurxon"), Tohir (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuhra"), Majnun (Xurshid; T. Sodiqov, "Layli va Majnun"), Alpomish (S. Abdulla; T. Jalilov; B. Nadejdin, "Alpomish"), Farhod (Komil Yashin; Yu. Rajabiy, "Farhod va Shirin"), Aziz, Gʻarib (A. Bobojon; K. Otaniyozov, "Aziz va Sanam", "Oshiq Gʻarib"), Annadaba-bu ("Gang daryosining qizi"), Gloster, Gonzago ("Qirol Lir", "Hamlet"), Boytemir ("Sarvqomat dilbarim"), Shay-xulislom ("Ibn Sino") kabi oʻtkir dramatik rollari bilan shuhrat qozondi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil