Kontent qismiga oʻtish

Muhammad va Ahmad bin Abulvard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad va Ahmad bin Abulvard – tasavvuf namoyandalari.

Muhammad – Junayd Bagʻdodiyning yaqin safdoshi. Sariy Saqatiy, Abulfath Hammol, Horis Muhosibiy, Bishr Hofiy suhbatidan bahramand boʻlgan. Taqvo va parhezkorlikda Bishr Hofiy yoʻlini tutgan. Uning toʻliq ismi Muhammad bin Muhammad bin Iso boʻlib, kunyasi – Abulhasan. Taxminan 263-hijriy-qamariy/877-milodiy yilda vafot etgan.

Ahmad bin Abulvardning kunyasi ham Abulhasan boʻlib, uning vafot etgan yili maʼlum emas[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.