Muhammad ibn Husayn Shibliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Husayn Shibliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1078-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Muhammad ibn Husayn Shibliy (arabcha: محمد بن حسين الشبلي — Muhammad ibn Husayn Shibliy – Toʻliq ismi Abu Ali Muhammad ibn Husayn ibn Abdulloh Shibliydir) — muhaddis.

Muhammad Ibn Husayn Shibliy “Shibla” qishlogʻida tavallud topgan va dastlabki ilmlarni shu yerda olgan. Keyinchalik ilm-maʼrifat istab, Bagʻdodga yoʻl oladi va u yerda Ibn Shibl nomi bilan taniladi. Muhammad Ibn Husayn Shibliy haqida Abulqosim Samarqandiy, Abulhasan ibn Abdulkarim Abu Saad ibn Zavzaniy kabi bagʻdodlik olimlar rivoyat qilganlar. Muhammad Ibn Husayn Shibliy 471/1078-yili vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 797.