Kontent qismiga oʻtish

Muhammad bin Yusuf Banno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad bin Yusuf Banno“Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Abdulloh. Isfahonning yirik shayxlaridan, hadis ilmining bilimdoni. Tajrid va tavakkul bilan haj safarini ado qilgan. Quruvchilik kasbi bilan kun kechirgan. Halol kasb orqasidan kun kechirishni targʻib qilgan. Ali bin Sahl Azhar Isfahoniy, Ali bin Hamza Isfahoniy, Muhammad bin Fozaning ustozi. Junayd Bagʻdodiydan maktub olib, maktub joʻnatgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. Nafahot ul-uns. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.