Muhammad al-Masʼudiy (Abu Said)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Masʼudiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1128-yil (hijriy 522-yil)
Vafoti milodiy 1188-yil (hijriy 584-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi shofiʼiy faqih, sufiy, muhaddis, adib va tilshunos olim

(Abu Said, Abu Abdulloh, Tojuddin) Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Masʼud al-Masʼudiy al-Xurosoniy al-Marvaziy al-Panjdehiy (hijriy 522-yil rabiussoniy oyining boshi (milodiy 1128-yil)da tug‘ilib, hijriy 584-yil rabiulavval oyi (milodiy 1188-yil)da Damashqda vafot etgan) — shofiʼiy faqih, sufiy, muhaddis, adib va tilshunos olim bo‘lgan. U al-Malik al-Afzal ibn Salohuddinni tarbiyalagan. Misrda majlislar o‘tkazgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sharhu-l-maqomot li-l-Haririy“ („Haririy bitgan maqomlarga sharh“, bu — besh yirik jilddan iborat asar);
  • al-Iʼtibor fi nosix va mansuxi-l-hadis“ („Hukmlar chiqarishda boshqa hukmlarni bekor qiluvchi yoki o‘zining huquqiy kuchini yo‘qotgan hadislarga eʼtibor qaratish“);
  • al-Izoh fi jamʼi-l-mag‘rib“ („Shom namozini qo‘shib o‘qish xususidagi izoh“);
  • al-Avzoh fi sharhil-maqomot“ („Sharhu-l-maqomotga izohlar")[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 132 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.