Muhammad al-Arsobandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Arsobandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1118-yil (hijriy 512-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, usul al-fiqh sohasida yetuk olim va qozi

(Faxruddin Abu Bakr) Muhammad ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Arsobandiy, al-Hanafiy (hijriy 512-yil rabiulavval oyi (milodiy 1118-yil)da vafot etgan va „Hasin“ qabristoniga dafn etilgan) — mazkur qishloqdan, faqih, usul al-fiqh sohasida yetuk olim va qozilardan bo‘lgan. Marvda Abu Hanifa tarafdorlarining peshvoligi u bilan birgalikda nihoyasiga yetgan. Oliyhimmat, saxiy, xushxulq va kamtarin inson bo‘lgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • al-Usul fi-l-fiqh“ („Fiqh ilmining asoslari“);
  • Amoliy“ („Imlo qilingan hadislar“);
  • Sharhu-l-jomiʼi-lkabiyr“ ("Shayboniyning fiqh ilmi ning sohalari haqidagial-Jomiʼ al-kabiyrasariga sharh");
  • Muxtasaru taqvimi-l-adilla“ (Abu Zayd Dabbusiy qalamiga mansubTaqvimu-adillaasarining qisqartirilgan shakli")[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 115 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.