Kontent qismiga oʻtish

Muhammad al-Abhariy (faqih)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Abhariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 902-yil (hijriy 289-yil)
Vafoti milodiy 986-yil (hijriy 375-yil)
Dini Islom

Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Solih ibn Umar ibn Misʼab ibn az-Zubayr al-Abhariy al-Molikiy — faqih, qori, Molik ibn Anas mazhabini sharhlashga oid asarlar musannifi, muhaddis, usul al-fiqh sohasi boʻyicha olim boʻlgan. Uning Molik ibn Anas mazhabini tushuntirish va unga qarshi chiqqanlarga raddiya tarzida yozilgan asarlari bor. Oʻz davridagi zamondoshlarining peshvosi boʻlgan. U Buhron, Bagʻdod va Kufada hadis tinglagan. Togʻli Abharda 902-yil tugʻilgan. Bagʻdodda istiqomat qilgan va shu yerda faqih boʻlib yetishgan, qiroat va isnod ilmlarini egallagan. Bagʻdodda hadis aytgan va 986-yilda shu yerda vafot etgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Sharhu muxtasari ibn al-Hakam“ (Ibn al-Hakam „Muxtasari“ga sharh")
  • „ar-Radd ala-l-Muzniy fi salosina masʼala“ („Oʻttiz masala haqida al-Muzniyning fikrlariga qarshi bitilgan raddiya“)
  • „Kitob fi usuli-l-fiqh“ („Fiqh ilmining asoslari haqidagi kitob“)
  • „Fazlu-l-Madina ala Makka“ („Madinaning Makkaga nisbatan ustuvor fazilati“)
  • „Sharhu kitobi Abdulhakim al-Kabiyr va-s-sagʻiyr“ (Abdulhakimning „Katta va kichik hukmlar kitobi“ga sharh")[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 153 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.