Muhammad ad-Dibojiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ad-Dibojiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1123-yil (hijriy 517-yil)
Vafoti milodiy 1213-yil (hijriy 609-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi adib va nahvchi

(Abul Fath) Muhammad ibn Saʼd ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ad-Dibojiy al-Marvaziy (hijriy 517-yil (milodiy 1123-yil)da tavallud topib, 609-hijriy yil (milodiy 1213-yil)da vafot etgan) — adib va nahvchi bo‘lgan, turli ilm sohalarida ijod qilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sharhu-l-mufassal li-z-Zamaxshariy“ („Zamaxshariyning mufassaliga sharh“) — u „al-Muhassal“ („Mag‘z“) deb ham yuritiladi;
  • Sharhu-l-inmuzajli-z-Zamaxshariy“ („Zamaxshariyning inmuzajiga sharh“) — ushbu ikkala asar ham grammatikaga oid;
  • Manofiʼaʼzoi-l-hayvon“ („Hayvon aʼzolarining foydalari“);
  • Qonunu-s-Salohiyfi adviyati-n-navohiy“ („Salohiyning turli mintaqalarga oid dorilar qonun kitobi“);
  • Fulku-l-adab“ („Adab kemasi“);
  • Hadoiqu-d-daqoiqfi sharhi risolati alomati-l-haqoiq“ („Haqiqatlar alomatlari risolasi sharhidagi nozik masalalar bo‘stoni“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 132 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.