Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Joylashgan yeri
Amir Temur koʻchasi, 26-uy
Andijon shahri, Andijon viloyati, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Maʼlumot
Maktab turi Ijod maktabi
Asos solingan sanasi 2017-yil
Mutaxassislar 35 nafar
Direktor Nurmatova Shoxistaxon Muhammadjonovna
Gender qiz, oʻgʻil
Oʻquvchilar soni 264 nafar
Classes 7-11
Til Oʻzbekcha
Website
Map
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi — shoir Muhammad Yusuf sharafiga ochilgan Andijon shaxrida joylashgan ijodiy maktab.

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25-iyul 2017-yildagi 539-son „Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti oʻrnatilgan xiyobonni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori[1] eʼlon qilinanidan soʻng 2017-yil 1-sentyabrda Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida ochilgan[2].

Maktab, Oʻzbekistin Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 2017 — 2018-o‘quv yilidan boshlab zamonaviy maktabni o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan taʼminlangan.

Maktabning har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi, 7-sinflarga qabul qilish esa ijodiy tanlovlar, ona tili va adabiyot fanlaridan, shuningdek psixologik-pedagogik diagnostika bo‘yicha test va boshqa sinovlar asosida amalga oshiriladi.

Imtiyozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijod maktabi bitiruvchilariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, yirik kompaniya va birlashmalarga ishga joylashishda ko‘maklashiladi[3]. Undan tashqari maktab imtiyozlariga quyidagilar kiradi:

• 5 mahal bepul ovqat

• Bepul yotoqxona[4]

Maktab sharoitlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Badiiy akademiya 2017-yil 1-sentabrgacha Andijon shahridagi 4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 o‘rinli o‘quv binosini ona tili va adabiyotga ixtisoslashtirilgan maktabga moslashtirish bo‘yicha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va uni foydalanishga topshirgan va byustning ijodiy va texnik parametrlarini ishlab chiqish hamda uni sifatli yaratish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq hamma xarajatlar Andijon viloyati mahalliy byudjyeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan[2].

Maktab standart texnik maktab jihozlaridan boshqa, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan toʻldirilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari zamonaviy jihozlarga ega. Maktabda interaktiv hamda monitor elektron doska mavjud. Maktabda oʻquvchilar foydalanishi uchun 50 dan ziyod kompyuterlar mavjud boʻlib, oʻquvchilar jihozlardan shaxsiy (oʻyin-kulgi, tarmoq uchun) foydalanishlari mumkin. Maktabda oʻz tibbiy markazi mavjud. Maktabning sport majmuasi barcha zarur anjomlar bilan jihozlangan[4].

Maxsus avtobus[tahrir | manbasini tahrirlash]

3-iyun 2019-yil Maktab jamoasiga Muhammad Yusuf xiyobonida mehnat faxriylari, ijodkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Prezident sovg‘asi — avtobusni topshirgan[5].

Muzey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab binosining ichida kichik muzey tashkil qilingan boʻlib, unda shoir Muhammad Yusufning shaxsiy fotolar toʻplami, yozuv mashinkasi va asarlari, onasi uchun yozgan maktubi, 1950-yillari maktabda foydalangan partasi va 1978-yil harbiy xizmatdan olib kelgan akkordeoni, paltosi hamda shaxsiy buyumlari jamlangan.

Muzey galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]