Muhabbat bahori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhabbat bahori

Muhabbat bahoriz filmining posteri
Rejissyor(lar) Ibrohim Rasulov
Ssenariynavis(lar) Zulfiya Qurolboy qizi
Mikoyil Sulaymonov
Rollarda Hamza Hasanov
Shahnoza Hojimurodova
Shohida Ismoilova
Abdurayim Abduvahobov
Mehriddin Rahmatov
Kinematografiya Tal`at Mansurov
Studiya(lar) “New sight media”
Chiqarilgan sanasi 2022-yil 27-may
Davomiyligi 200 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Muhabbat bahori — shoir, dramaturg, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon va Shoira Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bagʻishlangan[1] Ibrohim Rasulov rejissorligida suratga olingan film[2].

Film haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻzbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga binoan „New sight media“ ijodiy studiyasi tomonidan Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bagʻishlangan „Muhabbat bahori“ badiiy filmi suratga olindi. Filmning sutarga olish jarayonining 1 qismi shoiraning oʻzi yashagan xonadonida suratga olindi. Shuningdek, Zulfiyaxonim tomonidan Hamid Olimjonga atab yozilgan maktubning asl nusxasidan ham suratga olish jarayonida foydalanilgan[3]. Film ssenariysini yozish jarayonida Naim Karimovning asarlaridan keng foydalanilagan, suratga olish jarayonlari esa umumiy holatda 3.5yil mobaynida davom etgan. Filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlari, Qoʻqon shahri, Lelingrad va Qrimda boʻlib oʻtgan[4]. 2022-yil 27-mayda Toshkent shahrida joylashgan Kinochilar uyida rejissyor Ibrohim Rasulovning „Muhabbat bahori“ kinokartinasining katta taqdimoti boʻlib oʻtdi[5].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kinokartinada Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning bolalik davri, ijodiy faoliyati, asosan 1920-1944 yillar voqeliklari aks ettirilgan boʻlib[6][7], Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya va Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yoʻllari, ijodi, ayriliq, vafo, sadoqat tuygʻulari yoritib berilgan. Shuningdek, Hamid Olimjon vafotidan keyin Zulfiyaxonimning ichki kechinmalari, umid va shijoatga toʻla hayot yoʻli oʻziga xos rakurslarda koʻrsatib berilgan[8]. Film Ikkinchi jahon urushi davrida Hamid Olimjon faoliyati — shoir va uning hamrohlari askarlarning ruhiyatini koʻtarish uchun frontga borib, sheʼrlar oʻqigan sahnalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu sahnalar „Belarusfilm“ maydonlarida suratga olingan[9]. Voqealar rivoji Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning tanishuvlaridan boshlanadi. Yaʼni bu davrda Hamid Olimjon mashhur, el tanigan shoir, Zulfiyaxonim esa sheʼriyatga endi kirib kelayotgan yosh ijdokorlardan edi[10]. Ikki ijodkor bir- biriga koʻngil qoʻyib turmush qurishadi. Endi baxtli hayot kechiramiz deganda qatagʻon yillarining (1929- 1937) qora bulutlari ularning ham osmonini qoplaydi. Zolimlar bir qancha begunohlar qatori Zulfiyaning akasi Normat Isroilovni ham qatl etish bilan kifoyalanmay, halq dushmanini opasi deb Zulfiyani ham, halq dushmanini kuyovi deb Hamid Olimjonni ham soʻroqqa tortishadi. Hamid Olimjon bu tuhmat balosidan oʻzini va oilasini qutqarish uchun I. V. Stalinga atab „Bashariyat quyoshiga“ sheʼrini yozadi va bir spektakl premyerasidan oldin sahnaga otilib chiqib, orasida Davlat arboblari ham boʻlgan zal toʻla tomoshabinlarga oʻqib beradi. Shu tufayli ularning osmonidagi qora bulutlar tarqaydi. Hamid Olimjon tinim bilmay Oʻzbek adabiyotiga xizmat qilish bilan birga oʻz ijodini yanada kuchaytiradi. Taqdir ularga ikki farzand — bir qiz, bir oʻgʻilni tuhfa qiladi. Ular ijodlari bilan qaynab, oilasi bilan quvnab juda baxtli hayot kechira boshlashadi. Lekin ularning bu baxti ham uzoqqa choʻzilmaydi. 1944-yil 3-iyul kuni Hamid Olimjon avtohalokatga uchrab ogʻir jarohatdan keyin hayotdan koʻz yumadi.

Fikirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Muhabbat bahori2jpg.jpeg
Hamid Olimjon obraziga tasdiqlangan aktyor Hamza Hasanov

Filmda buyuk adib, taniqli shoir Hamid Olimjon siymosini gavdalantirganimdan faxrlanaman. Shuningdek, rejissyor Ibrohim Rasulov boshchiligidagi professional ijodiy guruh bilan ishlaganimdan mamnunman. Eng asosiysi, bugun 27-may mening tavallud kunimga katta premyerani oʻtkazilayotgani men uchun kutilmagan tuhfa boʻldi. Tilagim, kinokartina barcha xalqimiz qalbidan oʻrin olsin, deya soʻzladi bosh rol ijrochisi Hamza Hasanov[11]

Fayl:Muhabbat bahori1jpg.jpeg
Zulfiyaxonim obraziga tasdiqlangan aktrisa Shahnoza Hojimurodova

“Muhabbat bahori” filmida sevimli shoiramiz Zulfiyaxonim obrazini yaratish zimmamga juda katta masʼuliyat yukladi. Mazkur kinoasarda Zulfiyaxonimning nafaqat ijodi, balki uning insoniylik qirralari, ayollik baxti, turmush oʻrtogʻi, atoqli shoir Hamid Olimjonga boʻlgan vafo va sadoqati aks ettirilgan. Rejissyor Ibrohim Rasulov kasting jarayonlarida 200 ga yaqin nomzodlar orasidan meni tanlab olganlaridan xursand boʻldim, – dedi bosh rol ijrochisi Shahnoza Hojimurodova[12].

Ushbu filmni suratga olayotganimda uni birinchi navbatda maktab o`quvchilari ko`rishi lozimligini bilardim va bundan juda xursandman. Bu men uchun rejissyor sifatida katta sovg`a bo`ldi, — dedi film rejissyori Ibrohim Rasulov[13]

Aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissyor bu filmga oʻziga xoslik bilan yondoshib, kasting jarayonini 1 yilu 3 oy davom ettirdi. Filmga tayyorgarlik jarayonlari uzoq va mas’uliyatli kechdi. Zulfiyaxonim roliga mos keladigan qiyofa uchun aktrisalar va isteʼdodli qizlar oʻrtasida kasting eʼlon qilindi. Kastingda 200 dan ortiq qiz qatnashib, fotosinovga 30 ta qiz saralandi. Fotosinovdan saralangan 3 aktrisa uchun ikki marta videosinov oʻtkazildi[14].

Filmda asosiy rollarni Hamza Hasanov (Hamid Olimjon), Shahnoza Hojimurodova (Zulfiya), Shohida Ismoilova, Abdurayim Abduvahobov, Mehriddin Rahmatov va koʻplab viloyat teatrlarining mohir aktyorlari ijro etishgan[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati „“Muhabbat bahori” filmi kim haqida hikoya qiladi?“. https://yuz.uz/uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  2. „«Muhabbat bahori» filmining katta taqdimoti o‘tkazildi“. https://www.xabar.uz/uz. xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati „“Muhabbat bahori” filmi kim haqida hikoya qiladi?“. https://yuz.uz/uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  4. „«Muhabbat bahori» filmining katta taqdimoti o‘tkazildi“. https://www.xabar.uz/uz. xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  5. „«Muhabbat bahori» filmining katta taqdimoti o‘tkazildi“. https://www.xabar.uz/uz. xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  6. „“Muhabbat bahori” filmining katta taqdimoti oʻtkazildi“. https://xs.uz/uz. Xalq so'zi. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  7. „«Muhabbat bahori» filmining katta taqdimoti o‘tkazildi“. https://www.xabar.uz/uz. xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  8. „«Muhabbat bahori» filmining katta taqdimoti o‘tkazildi“. https://www.xabar.uz/uz. xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  9. „Мухаббат бахори“. https://uzbekkino.uz/uz. O'zbekKino. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  10. YouTube logotipi MUHABBAT BAHORI FILMI HAQIDA FILM_1_QISM YouTubeda //IBROHIM RASULOV KINOREJISSOR. 2023-yil, fevral
  11. „“Muhabbat bahori” filmining katta taqdimoti oʻtkazildi“. https://xs.uz/uz. Xalq so'zi. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  12. „“Muhabbat bahori” filmining katta taqdimoti oʻtkazildi“. https://xs.uz/uz. Xalq so'zi. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  13. „Ertaga Kinochilar uyida "Muhabbat bahori" filmi premera qilinadi“. https://darakchi.uz/index.php/oz. Darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  14. „“Muhabbat bahori” filmida bizning “Zulfiya”“. Ijodiy Parvoz. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  15. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati „“Muhabbat bahori” filmi kim haqida hikoya qiladi?“. https://yuz.uz/uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]