Kontent qismiga oʻtish

Mug'aylon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mugʻaylon(mugʻilon) soʻzi eski oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan oʻtib oʻzlashgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlatida mugʻilon-mugʻaylon shakllarida keladi: Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayogʻingdin, Chiqar chekkanda maqsad kaʼbasi xori mugʻilonin. (Gʻaroyib us-sigʻar , 458)

Soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq. Eski tojik tilida mugʻeylon shaklida qoʻllanib,Arabiston sahrolarida oʻsuvchi tikanli daraxt maʼnosini anglatadi.

Maʼno va morfemik qismlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi eroniy va oʻzbek tilida qoʻllanmaydi. Mugʻaylon-mugʻilon bir soʻzning ikki xil shakli boʻlib, ularning bir umumiy asosi - mugʻ dir. Ikkinchi morfema — aylon — ilon maʼnosini yozma manbalardagi faktlar asosida aniqlay olinmagan. Bosh morfema mugʻ koʻpgina maʼnolarni bildiradi. Bu soʻz tarkibida mugʻ morfemasining leksik maʼnosi qizil, qizilga oʻxshash, qizilga monand, ikkinchi qoʻshma morfema -(gʻ)ilan, -(gʻ)aylon oʻsimlik nomini atab, mugʻilon-mugʻaylon qizil rangli tikonli daraxt yoki oʻsimlik demakdir.

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 62-63-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.