Kontent qismiga oʻtish

Muborak davlat buyurtma qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muborak davlat buyurtma qoʻriqxonasi — Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida joylashgan qoʻriqxona. Qashqadaryo viloyati hokimligining 1998-yil 5-dekabrdagi X-344/12-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Maydoni —249073,0 gektar[1].

Muborak davlat buyurtma qoʻriqxonasi 1998-yil 5-dekabrda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tashkil etilgan boʻlib hududi 249073,0 gektarni tashkil etadi. Faoliyat muddati cheklanmagan. Buyurtmaxona maydoni 219534 gektar oʻzgartirilgan. Tashkil qilishdan maqsad — Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar yoʻrgʻa tuvaloq (Chlamydotis undulata) qushlarining yashash joylari — migratsiya yoʻllari, qishlash va koʻpayish yerlari, shuningdek, boshqa yovvoyi hayvonlar yashash joylarini saqlab qolishdan iborat. Qashqadaryo viloyati Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ixtiyorida.

Davlat buyurtma qoʻriqxonalari doimiy boʻlmasdan, ayrim paytlarda mavsumli qoʻriqlash tartibiga ega boʻlgan mintaqalarni oʻz ichiga oladi. Davlat buyurtmaxonalari qisqa vaqt (5-10 yilga) tashkil qilinadi. Ularning umumiy maydoni 12186,5 kv.km. boʻlib, bugungi kunda oʻndan ortiq davlat buyrtmaxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning vazifasi turli hayvonlarni yetkazib berish, koʻpaytirish va himoya qilishdan iborat. Mamlakatimizda Qorakoʻl, Qamabchoʻl, Saygʻoq, Sudoche, Qoʻshrabod, Qoraqir, Sarmishsoy, Arnasoy, Dengizkoʻl, Muborak, Oqtov, Nurobod kabi davlat buyurtmaxonalari muhim ahamiyatga ega.

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.