Mstislav Keldish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Keldish Mstislav Vsevolodovich [1911.28.1.(10.2), Riga - 1978.24.6, Moskva] — rus matematigi va mexanigi, akad. (1946). Sobiq Ittifoq FA prezidenti (1961—75). 3 marta Mehnat Qaxramoni (1956, 1961, 1971). Moskva universitetini tugatgan . (1931). Ilmiy ishlari mat. va mexanika, aerodinamika, gidrodinamika, tebranishlar nazariyasi va b.ga oid. K.ning mat. sohasidagi ishlari, asosan, kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi, haqiqiy oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi, potensiallar nazariyasi va b.ga bagʻishlangan. Matematik nazariyani mexanika, avtomatik boshqarish, aeromexanika va b. masalalarga tatbiq qilgan. K.ning ilmiy ishlari hisoblash mat.si, hisoblash texnikasi, yadro energetikasi, kosmik tadqiqotlarning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. K.ning aviatsiya va kosmik apparatlar tebranishi va turgʻunligiga, suyri sirtlarning gaz va suyuqlikdagi harakatiga, zarba, vint nazariyalariga oid ishlari texnikaning muhim amaliy masalalarini yechishga imkon beradi. U aerodinamika va gidrodinamika sohasida N.Ye. Jukovskiy va S.A. Chapliginning ishlarini davom ettirib, Jukovskiy teoremasini umumiy holda isbotlagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil