Monogamiya (biologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monogamiya — har xil jinsli hayvonlar oʻrtasidagi munosabat shakli; bitta erkak hayvonning mavsum davomida faqat bitta urgʻochisi bilan juftlashishi. M.da erkak hayvon ham nayel uchun gʻamxoʻrlik qiladi. Sut emizuvchilarda M. poligamiyata nisbatan kam uchraydi. Odatda, bir mavsumlik M. boʻri, tulki, boʻrsikda boʻladi. Odamsimon maymunlardan gibbonlarda esa bunday juftlik bir necha yillar davom etadi. Monogam organizmlarda jinsiy dimorfizm kucheiz namoyon boʻladi. M. qushlarda keng tarqalgan. Oqqushlar, laylaklar, burgutlarda juftlik bir necha yilgacha, hatto umr boʻyi davom etadi. Joʻja ochuvchi qushlarda M. bilan bir qatorda poligamiya ham kuzatiladi. Evolyusiya jarayonida M. poligamiyaga nisbatan kuchliroq ixtisoslashgan hodisa sifatida rivojlangan. Baʼzan xonakilashtirilgan yovvoyi hayvonlarning erkaklarida bitta urgʻochi organizm bilan juftlashish instinkti yoʻqoladi. Mas, tulkilar tabiatda monogam, ammo tutqunlikda boqilganida ularning erkagi bir necha urgʻochilari bilan juftlashadi. M. hasharotlarda ham kuzatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil