Monitoring

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monitoring (ing. monitoring — kuzatish, nazorat qilish) — maʼlum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qoʻllanadi. Masalan, ekologiya sohasida yer fondi holati boʻyicha kuzatishlar tizimi yer monitoringi deb ataladi. Bunday monitoring yerdagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadini koʻzlaydi.

Kredit sohasida qoʻllaniladigan monitoring, yaʼni kredit monitoringining mohiyati berilgan ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz toʻlash jarayonining borishi ustidan nazorat qilishda namoyon boʻladi. Kredit arxivi kredit monitoringi uchun asos hisoblanadi. Bu arxivda moliyaviy hisoblangan, garov xususidagi hujjatlar, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash yuzasidan qilingan hisobkitoblar va boshqa zarur maʼlumotlar mavjud boʻladi. Kredit monitoringini amalga oshirish tartibi bankning maqomiga, ixtisoslashuviga, unda qabul qilingan mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlash usuliga bogʻliq.

Oʻzbekistonda Respublika Oliy Majlisi huzurida maxsus Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyat koʻrsatadi. Keyingi vaqtda ommaviy axborot vositalari monitoringi ham tashkil qilindi. Bu ishni Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tarkibida tuzilgan (2002-yil 3-iyul) Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazi amalga oshiradi. Markazning asosiy vazifasi — ommaviy axborot vositalari muassislari va taxririyatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilikka taallukli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirishdan iborat. Markaz matbuot va axborot vositalarida fuqarolar, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari hamda xodimlarining qadrqimmatini himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va amaldagi boshqa qonunlarda koʻzda tutilgan talablarning buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taxlil etib boradi. Markazning televideniye va radioeshittirish sohasida ommaviy axborot vositalari monitoringi, bosma ommaviy axborot vositalari monitoringi, litsenziyalashni tashkil etish boʻlimlari bor.

Shuningdek, mamlakatimizda monitoringning davlat tizimidan tashqari nodavlat tashkilotlardagi koʻrinishlari ham mavjud. Bu borada "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida amal qilib kelayotgan matbuot nashrlarida mavzular va mazmun monitoringi boʻlimi faoliyatini misol keltirish mumkin. Mazkur boʻlim matbuot sahifalarida eʼlon qilib borilayotgan axborotlar majmuini kontenttahlil uslubida oʻrganadi. Monitoring ijtimoiy taraqqiyotni faollashtirishda muhim omil sanalganligi bois, uni xalq xoʻjaligining turli jabhalariga faol va keng joriy etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, monitoring oilada farzand tarbiyasi, taʼlim tizimida oʻzlashtirish holati va darajasi, oʻz-oʻzini boshqarish organlarida aholini maqsadli ijtimoiy-himoyalash kabi ishlarni optimallashtirishda muhim vazifani bajaradi. Bundan tashqari nodavlat o'quv markazlarida ham monitoring olib borish mumkin.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bekmurodov M., Oʻzbekistonda jamoatchilik fikri, T., 2001

Rustam Baratov, Mansur Bekmurodov.[1]

вчяамачвямчсм

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil