Mongoliya oltoyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mongoliya oltoyi - Mongoliya va Xitoydagi togʻ sistemasi, Oltoy togʻlarining janubi-sharqiy qismi. Shim.-gʻarbdan janubi-sharqqa 1000 km ga choʻzilgan, eni 150–300 km. Eng baland joyi 4362 m (Munxxayrxon-Oʻla togʻi). Boʻylama tektonik vodiylar bilan ajralgan oʻzaro parallel tizmalardan iborat. Togʻ tepalari platosimon. M. O., asosan, paleozoy kristalli slanetslari, porfir va granitlardan tuzilgan. Togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar (eng kattasining uz. 20 km) bor. Sernam janubi-gʻarbiy yon bagʻri oʻrmon, togʻ etaklari dasht, togʻ tepalari alp oʻtloqlari, Shimoli-sharqiy yon bagʻri dasht va chala choʻldan iborat. Mongoliya oltoyining davomi Gobi Oltoyidir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil