Moliya tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moliya tizimiiqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taalluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kiradi: a) moliya obyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabatlarining subyektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; e) moliya siyosati — iqtisodiyot subyektlarining moliyaga oid yoʻl-yoʻriqlari va xatti-harakati.

Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil