Mojurum Archasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mojrum archasi (sharq biotasi) — Nurota-Qizilqum biosfera zahirasi maydonida о‘suvchi tabiat yodgorligi. Tahminiy yoshi bir yarim ming yil. Nurota tog‘larining Mojrum qishlog‘ida, suv tegirmonidan 300 metr balandlikda, soyning chap qirg‘og‘idan 50-60 metr masofada joylashgan (Jizzax viloyatining Forish tumani). Poya aylanasi 24 metr, markaziy shox aylanasi 12 metr, oldida masjid qoldiqlari va eski qishloq joylashgan. Daraxtning uchta yirik shoxi vaqt mashaqqati tufayli, deyarli yerda yotadi.

Mojurum Archasi(Makedonskiy Archasi)
Mojurum Archasi(Makedonskiy Archasi)

Mojrumsoyda bо‘lgan kishi bahaybat daraxtning shox-shabbalari tegida о‘tirarkan, beixtiyor mangulik haqida о‘ylab qoladi. Mahalliy ziyoratchilarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, ushbu archani 3 marta ziyorat qilsalar, uzoq umr ko`rishlari aniq ekan. Masalan, ziyorat maqsadida kelgan Abdumurod boboning aytishicha, 3 marta kelib yoshi 90 ga yetganini, 4-safar kelishi uni aniq 100 yoshdan oshishiga yordam berishiga ishonch bildirdi.  Yillar zо‘r kelib, daraxtning uchta yirik shoxi yerga qadar egilib qolgan. Aslida, ularni shox deyish qiyin, sababi, ular ulkan daraxt tanasi bо‘lib, bir paytning о‘zida unga bir nechta kishi sig‘adi. Ponalarni mahalliy aholi toshlardan qurgan tayanch-piramidalar ushlab turadi.