Mohzoda Begim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mohzoda Begim (XIX asr) — oʻzbek shoirasi. Uning yashagan davri va tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam saqlangan. Mohzoda Begimning „Jahona xitob“ deb ataluvchi sheʼri qoʻqonlik maʼrifatparvar shoir Ibrohim Davron (1874-1922) bostirib chiqargan „Ash’ori nisvon“ („Ayollarning sheʼrlari“, OʻzR FA Sharqshunoslik instituti, inv. № 16704) kitobiga kiritilgan. Shoira bu sheʼrida oʻz davridagi xotin-qizlarning ayanchli qismati, ularning huquqsizligi va mudhish hayotini tasvirlab, oʻzi yashayotgan tuzumning adolatsizligidan shikoyat qiladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zamonov, Akbar; Rahimov, Mirzohid. {{{title}}} — 252-253 bet.