Ibrohim davron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibrohim davron (taxallusi; asl ismsharifi Mirzaaʼzam Ibrohim oʻgʻli) (1874-Qoʻqon-1922.5.4) — oʻzbek shoiri, maʼrifatparvar, dramaturg , publitsist. I. D., asosan, sheʼr va pyesalar, maqolalar yozgan. "Ashʼori nisvon", "Turkcha figʻonlar" (1912), "Oltin soʻzlar" (1912), "Taʼlim jugʻrofiyasi" (1913), "Madaniy jumboqlar" (1914) sheʼr va topishmoq toʻplamlari; "Ogʻir hollar", "Vatan ishqi", "Tengsiz uylanish" (1916) va b. pyesalarida vatan taqdiri uchun qaygʻurgan, ayollarning ahvoli, chor Rossiyasi zulmi ostidagi ogʻir hayotni tasvirlagan, xalqni bilim olishga chaqirgan. Ibn Sino asarlari taʼsirida tibga oid lugʻat tuzgan (nashr etilmagan). Koʻqonda birinchi boʻlib suratxona (1901), "Madoro" ("Quvvat") nomli kutubxona ochgan (1912). Hamza bilan hamkorlikda "Kengash", "Hurriyat" jur. larini chiqargan, jur. da rassomlik qilgan, yoshlar tarbiyasiga oid maqolalar yozgan. 1918 y. dan boshlab maktablar ochish ishlarida faol ishtirok etgan. I. D. asarlari "Sadoi Turkiston", "Turkiston viloyatining gazeti"da bosilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Sharipov J., Oʻzbekiston tarjima tarixidan, T., 1965; Jalolov T., Usmonov J., Zahmatli umrning zarhal sahifalari, T., 1983.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil