Moʻttixon Jumaboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moʻttixon Jumaboyeva
Tavalludi 1934-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Moʻttixon Jumaboyeva (1934-yil, Marhamat tumani, Andijon viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1956)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻttixon Jumaboyeva 1934-yil Marhamat tumanida tavallud topgan. Jumaboyeva 1950—1953-yillari Marhamat tumanidagi Sverdlov nomli kolxozda kolxozchi, 1954—1956-yillarda zveno boshligʻi, 1957-yildan brigadir boʻlib ishlagan. Jumaboyeva zvenosi 1956-yilda gektaridan oʻrtacha 51,5 sentnerdan paxta hosili yetishtirishgan. Jumaboyevaning oʻzi qoʻlda 30 tonna paxta tergan. 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1955—1962).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1973, s. 392

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IV tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1973 — 640 bet.