Mixail Stepanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Petrovich Stepanov
Tavalludi 29-may 1908-yil[1]
Samarqand, Rossiya imperiyasi
Vafoti 19-yanvar 2003-yil(2003-01-19)
(94 yoshda)
Sankt-Peterburg, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Unvoni Vitse-admiral
Harbiy  qism SSSR dengiz floti
Mukofotlari

Mixail Petrovich Stepanov (29-may 1908-yil, Samarqand – 19-yanvar 2003-yil, Sankt-Peterburg) – Sovet harbiy mexanik muhandisi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Lenin nomidagi Oliy dengiz muhandislik maktabi boshligʻi, vitse-admiral (1984)[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Petrovich Stepanov 1908-yil 29-mayda Rossiya imperiyasining Samarqand shahrida (hozirgi Oʻzbekiston) tugʻilgan.

1928-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining 3-kursini tugatib, T. F. E. Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz maktabining mexanika boʻlimiga oʻqishga kiradi. U yerni 1932-yil sentyabrida tugatgan.

Mixail Stepanov Lenin suv osti kemasining BC-5 guruhining komandiri, 1934-yil yanvardan esa suv osti kemaning elektromexanik jangovar boʻlimi komandiri etib tayinlandi.

1935-yil apreldan 12-suv osti diviziyasida mexanigi, 1936-yil avgustdan esa 2-suv osti brigadasida flagman mexanik boʻlib xizmat qildi. 1939-yil apreldan Boltiq floti texnik boshqarmasining 2-boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

1940-yil dekabrdan 1943-yil yanvargacha K. E. Voroshilov nomidagi Harbiy dengiz akademiyasining harbiy kemasozlik fakultetida tahsil oldi.

1943-yil yanvardan noyabrgacha Harbiy dengiz floti kemasozlik direksiyasining nazorat-qabul apparatlari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

1943-yil noyabr oyida u dizel boʻlimi boshligʻi, 1945-yil sentyabrda kemasozlik boʻlimi boshligʻi, 1948-yil avgustda F.E.Dzerjinskiy nomidagi VVMIU qoshidagi maktab direktorining oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

1951-yil apreldan 1952-yil iyungacha A.N.Krilov dengiz floti akademiyasi ilmiy va oʻquv ishlari boshligʻining oʻrinbosari boʻldi.

Mixail 1952-yil iyuldan oktyabrgacha dengiz flotida faoliyat yuritdi.

1952-yil oktyabr oyida u 2-VVMIU (Pushkin) rahbari etib tayinlandi. 1953-yil 3-avgustda unga kontr-admiral muhandis unvoni berildi[3].

1959-yil dekabrdan 1970-yil avgustgacha A.N.Krilov nomidagi VMAKV boshligʻining oʻrinbosari boʻldi.

1970-yil avgust oyida u kasallik tufayli zahiradan boʻshatilgan.

1971-yil 18-noyabrda unga vitse-admiral muhandis unvoni berildi. 1984-yil 26-apreldan esa vitse-admiral hisoblanadi[4].

Mixail Petrovich Stepanov 2003-yil 19-yanvarda vafot etgan. U Sankt-Peterburg yaqinida, Pushkin shahridagi Qozon qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Степанов, Михаил Петрович (вице-адмирал)“. www.peoplelife.ru. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  2. „СТЕПАНОВ МИХАИЛ ПЕТРОВИЧ“. www.elita-army.ru. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  3. Барсуков И. И., Кондрашов А. В. Подводники-адмиралы отечественного флота. — М.: Клуб адмиралов, 2011. — С. 41. — 848 с. — ISBN 978-5-9950-0137-9.. 
  4. Усик Н. П., Полях Я. И. Высшее военно-морское инженерное училище имени Ф. Э. Дзержинского. Исторический очерк. — Л.: ВВМИОЛУ имени Ф.Э. Дзержинского, 1990. — 408 с.. 

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]