Mixail Krug haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Krug haykali — rus shansonining ijrochisi Mixail Krugga (1962-2002) oʻzining tugʻilgan shahri Tverda oʻrnatilgan yodgorlik.

Kompozitsiyasi — shansonye shlyapasini yoniga qoʻyib, oldi ochiq paltoda gitaraga suyanib skameykada oʻtiribdi; uning oʻng tomonida boʻsh joy bor — oʻtirib, xohish boʻlsa, suratga tushish mumkin. Imzo yoʻq.

Bronza yodgorlikning umumiy ogʻirligi (gitara bilan) 250 kilogrammni, gitarasiz — 200 kilogrammni tashkil qiladi.

U Trexsvyatskaya koʻchasi yaqinidagi Radishshev bulvarida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Krugning oʻlimidan soʻng darhol doʻstlari va qarindoshlari shoir-qoʻshiq yozuvchisiga haykal oʻrnatish uchun fond yaratdilar, unga marhumning katta opasi Olga Medvedeva boshchilik qildi. Yodgorlikning tamal toshi 2003-yil 19-dekabrda qoʻyilgan. Tverning aksariyat ijodiy ziyolilari yodgorlik oʻrnatilishiga qarshi chiqishdi[1]. Yodgorlik loyihasi musiqachining soʻnggi albomi produseri Vadim Tsyganovning tomonidan ishlab chiqilgan, moskvalik Andrey Smirnov haykaltarosh vazifasini bajargan. Yodgorlik 2007-yil 24-iyunda shahar kuni Tver markazida Radishchev bulvarida 21-uy yaqinida tantanali ravishda ochilgan[2][3][4][5].

Yodgorlik ikki marta vandalizmga duchor boglan. 2007-yil noyabr oyida undan 50 kilogramm ogʻrlikdagi gitarani uzib, yaqin atrofga tashlashgan[6]; keyinchalik u boshqatdan joyiga payvandlangan[7]. 2008-yil yanvar oyida nomaʼlum vandallar yodgorlikni turli ranglarga boʻyashgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Лилия Злаказова. „Бронзовый Круг, небо вокруг.“ (ru). Новая Газета (2004-yil 22-noyabr). 2014-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-noyabr.
  2. Pamyatnik Mixailu Krugu (Wayback Machine saytida 2012-05-16 sanasida arxivlangan) Andoza:Wayback 2. mkrug.ru
  3. „На бульваре Радищева открыли памятник Михаилу Кругу.“ (ru). Комсомольская правда (2007-yil 27-iyun). 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-noyabr.
  4. „Видео открытия памятника“. 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  5. Pamyatnik Mixailu Krugu Andoza:Wayback 2. foretime.ru
  6. „В Твери вандалы украли гитару с памятника Михаилу Кругу“ (ru). Newsru.com (2007-yil 19-noyabr). 2008-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-noyabr.
  7. Кирилл Левитов. „Бронзовый звон украденных струн“ (ru). Тверская газета. 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-noyabr.
  8. „Вандалы осквернили памятник Михаилу Кругу в Твери“ (ru). РИА Новости (2008-yil 22-yanvar). 2012-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-noyabr.