Mittulkaniston-u Aljabrga sayohat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mittulkaniston-u Aljabrga sayohat
Asl nomi Путешествие по Карликании и Аль-Джебре
Muallif(lar) Vladimir Lyovshin
Emiliya Aleksandrova
Tarjimon(lar) Erkin Jabborov
Til ruscha
Janr(lar)i arifmetika va algebra
Nashr etilgan sanasi 1967
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1973
Sahifalar soni 248

„Mittulkaniston-u Aljabrga sayohat“ (ruscha: Путешествие по Карликании и Аль-Джебре) — rus matametigi va yozuvchisi Vladimir Lyovshin hamda yozuvchi Emiliya Aleksandrova qalamiga mansub arifmetika va algebra haqidagi ertaklar toʻplami. Ilk bor 1967-yil Moskva shahrida „Detskaya literatura“ nashriyotida chop etilgan.[1] 1991-qayta nashr qilingan.[2]

Asarni oʻzbek tiliga Erkin tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.

Asar Lyovshining „Mittulkanistonda uch kun“ kitobini hamda Lyovshin va Aleksandrova hamkorlikda yozgan „Aljabrlik Qora Niqob“ kitobini oʻzida jamlagan. Kitob oʻrta va katta yoshdagi maktab bolalari uchun moʻljallangan. Asarda ertaklar yordamida oʻquvchiga arifmetika va algebrada oʻrganiladigan mavzular haqida maʼlumot berilgan.

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga 1967-yil „Detskaya literatura“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Jabborov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Saydaliyeva – muharrir, N. Antokolskaya – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Rustamov – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mittulkaniston-u Aljabrga sayohat“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 19-dekabr.
  2. „Mittulkaniston-u Aljabrga sayohat“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 19-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]