Mirzo Solih a'lam go‘rxonasi hujralari
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mirzo Solih a'lam go‘rxonasi hujralari | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Mirzo Solih aʼlam go‘rxonasi hujralari Qozikalon Mir Badriddin arznomasida mulla Mirzo Solih aʼlam go‘rxonasi hujralaridan biri taʼlim olayotgan Mir Olim ismli talaba vafot etgani tufayli mulla Karamatulla ismli kambag‘al talaba uning bo‘sh qolgan o‘rniga qo‘yilishi bildirilgan. Hujraning bir tarafi haqi 2 tilla. Mirzo Solih aʼlam XVIII asrda yashagan ziyolilardan biri bo‘lgan. Amir Maʼsum qurdirgan hujralarga ajratilgan vaqf hujjatiga bosilgan muhrlarning biriga Inoyat ibn Solih aʼlam ismi yozilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 353.