Mirzatov Zanjirali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzatov Zanjirali (1911, Chust tumani Olmos qishlogʻi — 1972.21.11, Qoʻqon) — aktyor va rej. Oʻzbekiston xalq artista (1967). Moskvadagi oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1929—30). 1930-yildan Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida ishlagan. M. serqirra aktyor boʻlib, ham lirik, ham harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan, sahnada yuzdan ortiq obrazlar yaratdi: Kochkaryov ("Uylanish"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Kalaf ("Malikai Turandot"), Majdiddin ("Alisher Navoiy"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Ashuraliyev ("Ayajonlarim"), Ikrom ("Ufq") va boshqa Rej. sifatida "Fargʻona fojiasi", "Maysaraning ishi" (Hamza), "Muhabbat" (Tuygʻun), "General Rahimov" (K. Yashin), "Kotil" (Uygʻun) kabi asarlarni sahnalashtirgan. Shuningdek, "Sevaman, seni" dramasini yozgan. Koʻqon shahar madaniyat uyi qoshidagi xalq teatriga 1979-yil M. nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil