Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov
Tavalludi 1952-yil 1-sentyabr
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari oʻzbek
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi ToshDU
Janr nasr

Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov (1952-yil 1-sentyabr Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Dasht qishlogʻi) — oʻzbek adabiyotining isteʼdodli yozuvchisi[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taniqli yozuvchi, jurnalist, kinodramaturg Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov oʻzining tarixiy va zamonaviy mavzulardagi qissalari, hikoyalari bilan elga tanilgan. Adib 1952-yil 1-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Dasht qishlogʻida dunyoga kelgan. 1958-yilda maktabni aʼlo baholarga tamomlab, Toshkentga qarab yoʻl oldi. 1971-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Yozuvchi 40 yildan koʻproq „Oʻzbektelefilm“ studiyasida, Gʻafur Gʻulom nashriyotida oʻz faoliyatini olib borgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvchi universitetda oʻqib yurgan paytida „Guliston“ jurnalida „Sodiq polvon“ degan hikoyasi nashr etilgan. Hikoyaning bosh qahramoni Sodiq polvon oʻzining soddaligi va tantiligi bilan kitobxonlar eʼtiboriga tushgan. U oddiy qishloq odami sifatida oriyat uchun kurashdi. „Maydon“[2] nomli hikoyasida Qashqadaryo qishloqlari, toʻy-marosimlari, urf-odatlari haqida yozgan. Mirzapoʻlat Toshpoʻlatovning „Yurakdagi sir“ birinchi hikoyalar toʻplami 1977-yilda chop etildi, shundan soʻng „Beorom toʻlqinlar“ (1981), „Baxt yulduzi“ (1985), „Oyni axtarayotgan bola“ nomli hikoyalari film boʻlib chiqqan. 2005-yilda „Sanam togʻidagi gulxan“ asari nashr etildi. 1989-yilda „Gunoh“, „Tovba“ nomli filmlari, 1990-yilda „Zanjir“ teleseriali tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. „Muallim“ (2003), „Muzaffar“ (2000), „Baxt ovi“ (2014), „Sarob“ (2015), „Sadoqat“ (2016) nomli filmlari suratga olindi. „Sanam togʻidagi gulxan“, „Tandir“ (2016) nomli tarixiy qissalari Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov ijodida katta oʻrin egallaydi.

Asarlari mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sanam togʻidagi gulxan“ qissasida Muqanna boshchiligidagi ozodlik harakati, „Oyni axtargan bola“ qissasida esa begʻubor bolalikning oʻziga xos tomonlari, nohaq xoʻrlanishlar azobida boʻlgan bola qalbini his etish, tushunish holatlari tasvirlangan. „Zuhro“ nomli hikoyasida urush davridagi oʻzbek oilasining ogʻir turmushi haqida hikoya qilingan. Bu hikoya ancha taʼsirli yozilgan. Adabiyotshunos olim Sobir Mirvaliyev oʻzining „Oʻzbek adiblari“ kitobida yozuvchi haqida shunday deydi: „Mirzapoʻlat fikrli, oʻziga talabchan adiblardan biri“.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]