Mirhoji Asqarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirhoji Asqarovich Asqarov (1931.30.4 – Toshkent) – kimyogar olim. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), kimyo fanlari doktori (1967), professor (1968). Moskva yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirgan (1953). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Po-limerlar kimyosi institutida laboratoriya mudiri (1959–67), shu institut direktorii (1962-64), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida po-limerlarni sintezlash laboratoriya mudiri, il-miy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (1967–72), shu institut direktori (1972–82). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida bo‘lim mudiri (1982). Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida kafedra mudiri (1983–88), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida direktor (1988–93), bo‘lim mudiri 738(1993 yildan). A. sintetik polimerlar olish va ularni plastmassalar sohasida qo‘llash borasida tadqiqotlar o‘tkazgan. Uning rahbarligida aromatik diaminlarni alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlab yukrri haroratga chidamli plastmassalar olingan. A. 50 dan ortiq yangi monomerlarning po-limerlanish kinetikasi va mexaniz-mini o‘rganish natijasida xossalari barqarorlashtirilgan karbonzan-jlrli plastmassalarni barpo etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil