Mirg‘iyos Zoidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirg‘iyos Abbosovich Zoidov
O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent sanoat qo‘mitasining 2-kotibi-
Mansab davri
1963-yil yanvar – 1964-yil dekabr
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-may 1930-yil (92 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Pedagogika instituti
Ilmiy unvoni fan doktori
Mukofotlari

Mirg‘iyos Abbosovich Zoidov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. Iqtisodiyot fanlari doktori, SSSR Oliy Kengashining  7-, 8- va 9-chaqiriqlari deputati[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirg‘iyos Abbosovich Zoidov 1930-yil 13-mayda Toshkentda tug‘ilgan. 1953-yildan KPSS (b) (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan. Shuningdek, Zoidov  Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[1].

Mirg‘iyos Abbosovich 1951-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1951-1990-yillarda oʻrta maktab oʻqituvchisi, komsomol ishchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitasi kotibi vazifalarida ishlagan. Shuningdek, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti boʻlim mudirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent sanoat komitetining 2-kotibi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika Kengashi raisi, Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSRning  Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Taftish komissiyasi raisi hamda Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, Zoidov SSSR Oliy Kengashining 7-, 8- va 9-chaqiriqlari deputati etib saylangan[2].

Taniqli sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Zoidov ayni vaqtda nafaqada.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR Oliy Kengashining deputatlari, 9-jild. — „SSSR ishchilar deputatlari Sovetlarining Izvestiya“ nashriyoti. — 1974. — b. 163.
  • Zaidov
  • Zaidov[sayt ishlamaydi] (mavjud havola)
  • GA RF R7523 105 376 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973 yil 8 dekabrdan 10 dekabrgacha qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 45-sonli bayonnomaga / No 5141-VIII dan 5149-VIII gacha. . 9-jild
  • GA RF R7523 105 157 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971 yil 1 sentyabrdan 9 sentyabrgacha qabul qilingan Farmonlari va qarorlari va ularga materiallar / 15-sonli bayonnomaga / No 2094-VIII dan 2114-songacha. -VIII. 1-jild

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 maksad. „Организатор, педагог, ученый: Миргияс Заидов отмечает 90-летие“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (0001-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Реферат на тему: Список депутатов Верховного Совета СССР 8 созыва | Kontent-platforma Pandia.ru“. pandia.ru. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.