Kontent qismiga oʻtish

Mirela Maniani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirela Maniani
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 21 December 1976 (1976-12-21) (yoshi 47)
Durrës, Albaniya
Sport
Qaysi sport Nayza uloqtirish

Mirela Maniani grekcha: Μιρέλα Μανιάνι (1976-yil 21-dekabr) — nayza uloqtirish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan isteʼfodagi yunon yengil atletikachisi.

Hayot va sport yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maniani Mirela 1976-yil 21-dekabrda Albaniyaning Durres shahrida tugʻilgan. 1996-yilda Alabama universitetida u 62,46 metrga nayza uloqtirib Albaniya milliy rekordini oʻrnatgan (2017-yil holatiga koʻra u hali ham Albaniya milliy rekordini saqlab turibdi)[1]. U 1996-yilda AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Albaniya sharafini himoya qilgan va umumjamoa hisobida 24-oʻrinni egallagan. Musobaqa davomida u Albaniya bayroqdori ham boʻlgan[2].

Gretsiya fuqarosi, ogʻir atletikachi Georgios Tzelilis bilan turmush qurganidan soʻng, u Gretsiya fuqaroligini olgan va 1997-yilda Afinada boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Gretsiya sharafini himoya qilgan. Uning birinchi yirik muvaffaqiyati 1999-yilda Sevilyada boʻlib, u yerda 67,09 m masofaga nayza uloqtirish bilan jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Uning bu natijasi jahon rekordi deb hisoblangan, chunki nayzaning yangi turi 1999-yilda taqdim etilgan. 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u 67,51 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 2004-yilda ham bronza medalini qoʻlga kiritgan. Maniani, shuningdek, Yevropa chempioni va ikki karra jahon chempioni hisoblanadi. Uning 67,51 metrga eng yaxshi uloqtirishi Gretsiya rekordidir.

Maniani 1999-yilda Gretsiya dengiz floti safiga qo‘shilgan[3].

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirela Maniani 1997-yilda ogʻir atletikachi Georgios Tzelilisga turmushga chiqgan va Gretsiya fuqaroligini olgan. U 2002-yilgacha Tzelilis bilan ajrashgunga qadar Mirela Maniani-Tzelili nomi bilan tanilgan. Manianining yunon basketbolchisi Jannis Jannoulis bilan uchinchi nikohidan bitta qizi bor[4].

  1. Dizdar. „Vojsava Lika e Greqisë – fenomeni shqiptar i Osaka 2007“. Zemrashqiptare (2007-yil 3-sentyabr). — „Mirela Manjani u bë Kampione Botës nen drejtimin e trajnerit Durrsak Enver Mysja qysh ne moshe te re atehere kur ajo ishte vetem 16 vjece dhe mbasi qe bërë Kampione e Ballkanit dhe Nënkampione e Evropës (për të rejat) me Shqipërinë, e deri te rekordi kombëtar zâmadh prej 62.46 metrash që Mirela na e la mbasi e kishte nënshkruar me dorën e saj për Shqipërinë në Alabama të SHBA – i vetmi rekord shqiptar i vendosur në tokën e amerikane; .... Mirela Manjani became World Champion under trained from Albanian Coach Enver Mysja since when she was 16 years old. After she had become Balkans Champion and Silver medalist of Europe juniores for Albania, until her great record of 62.46m that Mirela donated us, after she had signed with her hand for Albania in Alabama of the United States: the only Albanian record made in American Land“.
  2. List of Albaniaʼs flag bearers at the Olympic Games
  3. „Είχα στα μάτια μου τη σημαία - ΤΑ ΝΕΑ“ (el-GR). ΤΑ ΝΕΑ (1999-yil 30-avgust). Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  4. „Μιρέλα Μανιάνι-Γιάννης Γιαννούλης: Τίτλοι τέλους στον γάμο των αθλητών“ (2014-yil 21-iyul).