Miran Shahadov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1992 yili Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. 2009 yildan buyon engil atletika boʻyicha Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi aʼzosi. Miran Saxadov 2012 yili London shahrida oʻtkazilgan Paralimpiya oʻyinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan. Uzunlikka sakrash sektorida ishtirok etgan iqtidorli sportchimiz hal qiluvchi final bosqichiga qadar etib keldi va yakunda 7-oʻrinni band etdi. 2014 yili BAAlarida oʻtkazilgan Gran-Pri turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Miran Saxadov Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida oʻtkaziladigan Paraosiyo oʻyinlari yoʻllanmasiga ega boʻldi. Eʼtiborlisi, Miran Paraosiyo oʻyinlarida ham yuqori mahoratga ega boʻlgan sportchi ekanligini yana bir bora namoyon etdi va 1 ta oltin hamda 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi.