Mira (yulduz)
Qiyofa
Mira (lotincha mira — ajoyib) — Kit yulduz turkumida kuzatilgan birinchi oʻzgaruvchan yulduz. 1596-yilda nemis astronomi Fabritsius aniqlagan. Ravshanligi oʻrtacha 331,5 sutkalik davr bilan 2,0 dan 10,1 yulduz kattaligi orasida oʻzgarib turadi. M.ning diametri taxminan 500 mln. km, Quyoshdan uzoqligi 77 parsek.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |