Mir Qarshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mir Qarshiy — (taxminan XV asrda yashagan) shoir va sahhof. Fors-tojik tilida „Xatoiy“ taxallusi bilan ijod qilgan[1].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asli Qarshilik, XV asrning 2-yarmidan keyin hayoti Samarqandda oʻtadi. Alisher Navoiy "Majolisu-n-nafois" tazkirasining ikkinchi majlisida u haqida maʼlumotlar keltirib oʻtadi: „Mir Qarshiyning Samarqand bozoridagi sahhoflik doʻkoni hamisha adabiyot ixlosmandlari bilan gavjum boʻlgan. Mir Qarshiy bu oʻziga xos adabiy anjumanga rahbarlik qilgan, rangin gʻazallar bitgan. Anʼanaga koʻra, fors-tojik tilida „Xatoiy“ taxallusi bilan ijod qilgan[2]“. Alisher Navoiy asarida uning quyidagi bayti ham keltirib oʻtiladi:

Nest oyini muhabbbat kardan az yore gila,

Varna z-on badaxd mekardem bisyore gila.

Mazmuni: Muhabbat qoidasida yordan gina qilish yoʻq, boʻlmasa, u vafosizdan koʻp gina qilar edim.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mir Qarshiy Samarqandda vafot etgan va shu shaharga dafn etilgan[3].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadiyev N. „Nasaf va Kesh allomalari“ 68-bet.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. 
  3. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 509 bet.